Fuqarolik holati dalolatn omalarini


Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish muddatlari



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/62
tarix05.10.2023
ölçüsü2,69 Mb.
#125441
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   62
4.2. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish muddatlari
Fuqarolik holati dalolatnomafarini o‘z vaqtida va to‘liq qayd etish 
FHDYo organlari faoliyatining asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi. 
Davlat, jamiyat, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish 
maqsadida qonun hujjatlarida fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd 
etish muddatlari aniq belgilab qo‘yilgan.^
Tug‘ilish, o ‘lim, otalikni belgilash, farzandlikka olish holatlari 
FHDY
o
bo‘limiga murojaat etilgan kuni rasmiylashtiriladi.
Nikoh ariza berilgan kundan boshlab bir oylik muddat o‘tgach qayd 
etiladi. Bunday muddatni belgilashdan maqsad nikohdan o'tuvchilarning 
bir-birlari bilan yaxshi tanishib olishlari, nikoh tuzishga bo‘lgarf o‘z
15
www.ziyouz.com kutubxonasi


xohishlari qat'iy ekanligiga ishonch hosil qilish uchun imkoniyat 
yaratishdir.
Voyaga yetmagan farzandlari bo'Imagan er-xotinning o ‘zaro roziligi 
bilan nikohdan ajralishni qayd etish ariza berilgan kundan uch oy muddat 
o ‘tgandan keyin amalga oshiriladi. 3 oylik muddat er-xotin o ‘z 
harakatlari to‘g‘risida jiddiy o ‘ylab olishlari uchun beriladi va bu 
muddatni qisqartirishga yo‘l qo'yilmaydi.
Fuqarolarning familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish uchun bir qator 
hujjatlar to ‘planishi va tekshirilishi zarur boMganligi uchun bu haqdagi 
arizalarni ko‘rib chiqish muddati 45 kun deb belgilangan.
Fuqarolik holati d alo latn o m alarin i qayd etish m uddatlari 
qisqartirilishi yoki uzaytirilishi mumkim Masalan, nikohlanuvchilarning 
o'rtasida umumiy farzandlari bo‘lsa yoki nikohlanuvchi ayol homilador 
b o ‘lsa, yoxud b o shqa uzrli sab a b la r m avjud boM ganda 
nikohlanuvchilaming arizalari va muddatni qisqartirish uchun asos 
bo'ladigan holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar asosida nikohni qayd etish 
uchun belgilangan bir oylik muddat qisqartiriladi. Ba'zi hollarda familiya, 
ism, ota ismini o'zgartirish, dalolatnoma yozuvlarini tiklash uchun 
qo‘shimcha maMumotlar to ‘planishi va tekshirilishi zarur bo'lganda, 
belgilangan muddatlar uzaytiriladi.
Ayrim fuqarolik holati dalolatnomalarining qayd etish uchun FHDYo 
organlariga murojaat qilish muddatlari ham belgilangan. Misol uchun, 
Oila kodeksining 205-moddasiga asosan bola tug‘ilgan vaqtdan boshlab 
bir oy ichida, agar bola o‘lik tug‘ilsa, 24 soat ichida FHDYo organlariga 
murojaat etish kerak. Oila kodeksining 223-moddasiga asosan o‘limni 
qayd etish haqidagi ariza o‘lim sodir bo‘lgan kuni yoki murda topilgach 
uch kundan kechiktirilmay berilishi zarur.

Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə