Fuqarolik holati dalolatn omalarini


-mavzu. FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI QAYD



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/62
tarix05.10.2023
ölçüsü2,69 Mb.
#125441
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   62
4-mavzu. FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI QAYD
ETISH TARTIBI
4.1 Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish ishtirokchilari
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish ishtirokchilari, bir 
tarafdan fuqarolar, shu jumladan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi 
bo‘lmagan shaxslar, ikkinchi tarafdan fuqarolik holati dalolatnomalarini 
qayd etuvchi organlardir.
FHDYo oiganlarining vakolatlari ularning huquq va majburiyatlari 
yig'indisidan iborat bo‘lib, avvalgi mavzuda bayon etilganidek, 
0 ‘zbekiston R espublikasi Oila kodeksida, «Fuqarolik ho lati 
dalolatnomalarini qayd etish Qoidalari»da va boshqa normativ hujjatlarda 
belgilangan.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish ishtirokchilari sifatida 
fuqarolar ham qonun hujjatlarida belgilangan huquq va majburiyatlarga 
ega.fFuqarolar qonun yo‘l qo‘ygan doirada o‘zlari tanlagan FHDYo 
bo'lim lariga murojaat etishlari m um kin, M asalan, 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Oila kodeksining 205-moddasiga asosan tug‘ilishni qayd 
etish uchun bola tug‘ilgan joyidagi yoki ota-onadan birining doimiy 
yashash joyidagi FHDYo bo‘limiga (agar ular qishloq, ovul hududida 
yashasa, fuqarolar yig‘iniga) murojaat etishlari mumkin/Oila kodeksining 
212-moddasida belgilanishicha, nikohni qayd etish nikohlanuvchi 
shaxslardan birining yashash joyidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini 
qayd etish organlari tomonidan amalga oshiriladi. «Qoidalar»ning 75-
14
www.ziyouz.com kutubxonasi


baiidig3 asosan alohida hollarda, istisno tariqasida (agar ota-onasi va 
fljkoh tuzayotgan yoshlar 0 ‘zbekiston Respublikasining turli viloyat 
y0ki tumanlarida yashab turgan bo'lsalar) otasi yoki onasining yozma 
arjzasiga ko‘ra nikoh ota-onasining yoki ulardan birining yashash joyidagi 
pHDYo organida ham qayd etilishi mumkin.
' Fuqarolar nikoh tuzish uchun belgilangan bir oylik muddatni qisqartirish 
yoki nikoh yoshini kamaytirish haqida ariza bilan murojaat etishlari mumkin. 
Agar fuqaro murojaat etgan FHDYo bo‘limi unga tushunarsiz tilda ish 
yuritsa, fuqaro o‘z ona tilida ariza yozish, o‘z tilida tushuntirishlarberilishini 
talab qilishi mumkin. FHDYo oiganlari faoliyatidan norozi bo'lgan fuqarolar 
tegishli organlarga shikoyat qilish huquqiga egadirlar. -
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish ishtirokchilari sifatida 
fuqarolar bir qator majburiyatlarga ham ega. Ular fuqarolik holati 
dallatnomalarini qayd etish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni o‘z vaqtida 
taqdim etishlari, tug‘ilish, o‘lim holatlarini qayd etish uchun qonunda 
belgilangan muddatlarda murojaat etishlari, FHDYo organlariga yolg‘on 
ma’lumotlarni bermasliklari lozim.
Odatda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish ishtirokchilari 
bevosita manfaatdor shaxslar bo‘ladi. Alohida hollarda, masalan, voyaga 
yetmagan bolalar, muomalaga layoqatsiz shaxslar, jismoniy kamchiligi 
tufayli o‘z huquqlarini himoya qilishga qiynaladigan shaxslar nomidan 
ularning qonuniy vakillari (ota-onalari, farzandlikka oluvchilari, vasiylari 
yoki homiylari) murojaat etadilar. Shuningdek ayrim fuqarolik holati 
dalolatnomalari faqat manfaatdor shaxslarning emas, balki boshqa 
fuqarolar va organlarning arizalari asosida qayd etiladi. Masalan, 
tug'ilishni qayd etish haqidagi ariza bolaning ota-onasi, qarindoshlari, 
qo‘shnilari, tibbiyot muassasalari ma'muriyati, ichki ishlar yoki vasiylik 
va homiylik organlari tomonidan berilishi mumkin («Fuqarolik holati 
dalolatnomalarini qayd etish qoidalari»ning 15-bandi).

Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə