Fuqarolik holati dalolatn omalarini



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/62
tarix05.10.2023
ölçüsü2,69 Mb.
#125441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Nazorat savollari:
/. 
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddalarida oilaning
davlat tomonidan muhofaza qilinishining asosiy normalari belgilangan ?
2. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksiga umumiy ta'rif bering. Oila
kodeksining 7-bo ‘limida qanday normalar belgilangan ?
3. «Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish Qoidalari»ga umumiy
ta 'rif bering.
4. FHDYo organlari o ‘z faoliyatlarida yana qanday normativ hujjatlarga
asoslanadilar?
3-mavzu. FHDYO ORGANLARINING TIZIM I VA
VAKOLATLARI
3.LFuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarining tizimi
FHDYo organlari tizimini 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent 
shahar Adliya boshqarmalari, tuman va shahar FHDYo bo‘limlari, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar FHDYo 
arxivlari (hujjatgohlari) tashkil etadij>
^fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish mahalliy organlari, ya'ni qishloq, 
ovul, shaharcha fuqarolar yig'inlari garchi FHDYo organlari tizimiga 
kirmasada, ayrim fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish huquqiga 
eg aj 0 ‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 203-moddasida 
belgilanishicha fuqarolar yig'ini raislari (oqsoqollari) tug‘ilish, nikoh 
tuzish, nikohdan ajralish, otalikni belgilash (agar otalikni belgilash 
tug'ilishni qayd etish bilan bir vaqtda amalga oshirilsa) holatlarini qayd 
etadilar. Fuqarolar yig'inlarining fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd 
etish sohasidagi faoliyatlari o'zlari joylashgan hududdagi tegishli FHDYo 
bo'limi nazorati ostida boMadi.
C het elda vaqtincha yoki doim iy yashaydigan 0 ‘zbekiston 
fuqarolariga nisbatan fuqarolik holati dalolatnomalarini 0 ‘zbekiston 
Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalari qayd etadilar. 
Konsullik muassasalari fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish 
bo‘yicha faoliyatlarini amalga oshirishda Oila kodeksiga, Konsullik 
ustaviga, shuningdek «Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish
10
www.ziyouz.com kutubxonasi


Qoidalari»ga asoslanadilar. Konsullik muassasalari tom onidan yil 
davomida qayd etilgan dalolatnoma yozuvlarining har ikkala nusxasi 
hamda sarf qilingan gerbli guvohnom alar b o ‘yicha hisobotlari 
0 ‘zb ek isto n R espublikasi tash q i ish lar v azirligi to m o n id a n
umumlashtirilib, yangi yilning yanvar oyi 10-kunidan kechiktirmay 
Adliya vazirligiga topshiriladi. Konsullik muassasalari tomonidan qayd 
etilgan dalolatnoma yozuvlarining birinchi nusxalari Toshkent shahar 
FHDYo arxivida, ikkinchi nusxalari Toshkent viloyat FHDYo arxivida 
saqlanadi.
FHDYo organi rahbari (tuman, shahar FHDYo bo'limi mudiri, 
Nikoh uyi direktori, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va 
Toshkent shahar FHDYo arxivi mudiri) lavozimiga FHDYo organlari 
rahbarlariga zahirada turgan oliy yuridik ma'lumotli hamda FHDYo 
sohasida kamida bir yillik ish stajiga ega yoki huquqshunoslik 
mutaxassisligi bo'yicha kamida uch yillik ish stajiga va FHDYo 
organlarida muayyan tajribaga ega bo'lgan 0 ‘zbekiston Respublikasi 
fuqarosi 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan 
holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vaziri, viloyatlar va 
Toshkent shahar Adliya boshqarm alari boshliqlari tom onidan 
tayinlanadi.
M azkur muddat 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va 
boshqarmasida FHDYo organlari faoliyatiga rahbarlik olib borish bilan 
bog'liq bo'limlarida ishlagan xodimlarga tadbiq etilmaydi.
^FHDYo organi rahbari lavozimiga tegishli maMumotlarga va ish 
stajiga ega boMgan nomzod topilmaganda istisno tariqasida adliya 
boshqarmasi boshlig‘ining asoslantirilgan taqdimnomasiga muvofiq 
0 ‘z b e k isto n R esp u b lik a si A dliya v a z irin in g ro z ilig i b ila n
huquqshunoslik mutaxassisligi bo‘yicha o‘rta maMumotga va FHDYo 
organida kamida ikki yil stajga ega boMgan 0 ‘zbekiston Respublikasi 
fuqarosi tayinlanishi mumkh}(7(FHDYo organlari to ‘g ‘risidagi 
Nizomning 9-10-bandlari). 
?
FHDYo organlarining 1 va 2-toifali ish yurituvchi kotibi lavozimiga 
oliy yuridik maMumotli yoki huquqshunoslik mutaxassisligi bcr'yicha 
o‘rta maxsus maMumotga ega boMgan 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 
adliya boshqarmalari boshliqlari tomonidan tayinlanadi.
FHDYo organlari xodimlari o‘zlari, eri yoki xotini, bolalari nomiga 
dalolatnoma yozuvlarini qayd etish yoki o ‘ziga tegishli dalolatnoma 
yozuvlariga o'zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritishga haqli 
emaslar. Bunday hollarda dalolatnoma yozuvlari adliya boshqarmasining 
ko'rsatmasiga asosan boshqa FHDYo organida qayd etiladi va bu^haqda 
fuqarolik holati dalolatnoma yozuvining «belgilar uchun» ustuniga
11
www.ziyouz.com kutubxonasi


tegishli ma’lumot kiritiladi (FHDYo organlari to‘g‘risidagi Nizomning 
11-bandi).
FHDYo organi rahbari va ish yurituvchi kotiblari ilmiy, ijodiy va 
pedagogik faoliyatdan tashqari boshqa haq to'lanadigan faoliyat bilan 
shug'ullanishlari mumkin emas (FHDYo organlari to ‘g‘risidagi 
Nizomning 12-bandi).
FHDYo organlari shtatlar jadvali belgilangan shtatlar soni va ish 
haqi fondi doirasida ularning ish hajmini inobatga olgan adliya 
boshqarmasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi (FHDYo organlari 
to ‘g‘risidagi Nizomning 22-bandi).

Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə