Fuqarolik holati dalolatn omalarini



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/62
tarix05.10.2023
ölçüsü2,69 Mb.
#125441
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   62
Nazorat savollari:
1. Tuman, shahar FHDYo bo'limlarida nechta turdagi dalolatnoma
daftarlari yuritiladi?
2. Dalolatnoma daftarlarini yuritishning asosiy qoidalarini aytib bering.
3. Dalolatnoma yozuvlari necha nusxada yuritiladi va qanday tartibda
saqlanadi?
24
www.ziyouz.com kutubxonasi


6-mavzu. GERBLI GUVOHNOMALAR
6.1. FHDYo organlari tomonidan beriladigan gerbli
guvohnomalarning shakli va ularni to ‘Idirish tartibi
Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlari asosida qat'iy hisobda 
turadigan, ma'lum seriyasi, tartib raqami bo‘lgan, FHDYo organining 
muhri va mansabdor shaxsning imzosi qo‘yilgan, davlat gerbi tasvirlangan 
guvohnomalar beriladi.(0‘z.R.OKning 202-m.)
Guvohnoma blankalari yagona shakldagi blankalar bo'lib, ular Adliya 
vazirligining buyurtmasi asosida maxsus bosmaxonalarda — 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki huzuridagi «Davlat belgisi» ishlab chiqarish 
birlashmasida chop etiladi. Gerbli guvohnomalaming shakli 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Tug‘ilganlik, nikoh qayd 
etilganligi va o‘lim haqidagi gerbli guvohnomalar shaklinjjasdiqlash va 
gerb yig‘imini joriy qilish to ‘g‘risida» 1997-yil 30-iyundagi 330 sonli 
qarorida va «Gerbli guvohnomalar shakli va gerb yig'imi miqdori 
to ‘g ‘risida» 2003-yil 5-iyundagi 249-sonli qarorida belgilangan. 
Belgilangan shakldagi guvoh n o m alar o ‘rniga boshqa turdagi 
ma'lumotnomalar berish yoki boshqa bosmaxonalarda chiqarilgan 
guvohnomalar berish man qilinadi.
0 ‘zbekiston Respublikasida gerbli guvohnomalaming 4 ta shakli (turi) 
mavjud. Ular:
— tug‘ilganlik haqidagi;
— nikoh qayd etilganligi haqidagi;
— nikohdan ajralganlik haqidagi;
— o‘lim haqidagi guvohnomalardir.
Gerbli guvohnoma fuqarolik holati dalolatnomasi yozuvi qayd 
etilganligining qonuniy tasdig‘idir. Dalolatnoma yozuvi asosida FHDYo 
organi tomonidan berilgan guvohnoma unda ko‘rsatilgan faktning 
to‘g‘riligini tasdiqlovchi shaksiz dalil hisoblanadi/ Masalan, tug‘ilganlik 
haqidagi guvohnoma tug'ilganlikni va bolaning ota-onasi kim ekanligini 
tasdiqlovchi yagona hujjat hfisoblanadi. N ikoh guvohnom asi 
nikohlanganlar o‘rtasida er-xotinlikni tasdiqlovchi, ular o ‘rtasida huquq 
va majburiyatlar vujudga kelganligini ifodalovchi hujjat hisoblanadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 8-iyunda 
93/UM raqami bilan chiqarilgan «Respublika FHDYo oiganlari faoliyatini 
takomillashtirish chora-tadbirlari to ‘g‘risida»gi buyrug‘iga asosan 
guvohnoma blankalari uch tilda: o‘zbek, ms va ingliz tillarida to ‘ldiriladi.
G uvohnom ada ko‘rsatilgan barcha m a'lum otlar dalolatnom a 
yozuvidagi ma'lumotlarga to'liq mos kelishi kerak. Yozuvlar siyoh bilan 
aniq va to ‘g‘ri yozilishi kerak. Sanalar h arf bilan ifodalanedi.
25
www.ziyouz.com kutubxonasi


Guvohnomaga FHDYo bo‘limining mudiri imzo qo‘yadi va 
muhr 
bilan 
tasdiqlanadi.
Guvohnoma blankasiga o'chirib yozish, tuzatishlar kiritish mumkin 
emas. Yozilish vaqtida xatolikka yo‘l qo'yilgan guvohnoma yangisiga 
almashtirib berilishi kerak.
Fuqarolarga gerbli guvohnomalar berganlik uchun (o‘lim haqidagi 
guvohnomalar bundan mustasno) gerb yig‘imining miqdori eng kam 
oylik ish haqining 20 foizi miqdorida belgilangan. Gerb yig‘imidan 
tushgan mablag1 gerbli guvohnom alar tayyorlashga sarflanadi. 
0 ‘zbekiston Respublikasidan tashqariga so'rovnom alar asosida 
yuboriladigan gerbli guvohnomalar uchun gerb yig'imi toManmaydi.

Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə