Fuqarolik holati dalolatn omalarini


Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishda taqdim



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/62
tarix05.10.2023
ölçüsü2,69 Mb.
#125441
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   62
4.3. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishda taqdim
qilinadigan hujjatlar
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishda bu holatlarni 
tasdiqlovchi hujjatlar va ariza beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar 
talab qilinadi. Masalan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 206- 
moddasiga ko‘ra tug‘ilishni qayd etish uchun bolaning tug'ilganligi 
haqida tibbiyot m a’lum otnom asi, ota-onaning oilaviy ahvolini 
tasdiqlovchi hujjat, ya’ni nikoh guvohnomasi, agar bolaning ota-onasi 
o‘zaro nikohda bo‘lmasalar, otalikni belgilash haqida tegishli shakldagi 
ariza hamda ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari talab qilinadi.
0 ‘limni qayd etish uchun o‘Iim to‘g‘risida tibbiyot guvohnomasi 
yoki sud tibbiyot ekspertizasining xulosasi, agar fuqaro o'lgan deb e’lon 
qilingan bo‘lsa, bu haqdagi sudning hal qiluv qarori, shuningdek
16
www.ziyouz.com kutubxonasi


^arhumning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari taqdim etiladi (OKning 
226-m.)-
Nikohga kirishni xohlovchilar ariza bilan birga o ‘z shaxsini 
tasdiql°vchi hujjatlarini, ilgari nikohda boMgan shaxslar esa, awalgi 
nikoh tugaganligini tasdiqlovchi hujjatlarni, ya’ni nikohdan ajralganlik 
j^aqida sudning hal qiluv qarori nusxasi yoki nikohdan ajralganlik haqida 
guvohnoma, agar awalgi nikohdagi xotini (eri) o ‘lgan bo‘lsa, o‘lim 
haqid3 guvohnomani taqdim etishi lozim (OKning 213-m.).
Er-xotinning o ‘zaro roziligi bo‘lganda, nikohdan ajralishda ariza 
beruvchilar FHDYo organiga bergan arizasida o‘rtada voyaga yetmagan 
bolalari va mulkiy nizolari yo'qligini tasdiqlashlari, shaxsini tasdiqlovchi 
hujjatlari bilan biiga nikoh guvohnomasini taqdim etishlari lozim ( 0 ‘z.R. 
OKning 218-m.).
Tegishli hujjatlar faqat fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishda 
emas, bu yozuvlarga o'zgartirish, tuzatish, qo‘shimchalar kiritilganda 
yoki dalolatnoma yozuvlari tiklanganda yoxud bekor qilinganda ham 
talab qilinadi. Masalan, Oila kodeksining 210-moddasiga asosan tuman, 
shahar hokimining farzandlikka olish to‘g‘risidagi qaroriga koTa tug‘ilish 
to ‘g‘risidagi dalolatnom a yozuvi turgan joydagi FHDYo organi 
farzandlikka olingan bolaning tug‘ilish to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuviga 
zarur o ‘zgartirishlami kiritadi. Bunda tuman hokimining qaroridan 
tashqari FHDYo oiganiga farzandlikka olinayotgan bolaning tug‘ilganlik 
haqidagi guvohnom asi va farzandlikka oluvchilarning shaxsini 
tasdiqlovchi hujjatlari taqdim etiladi («Fuqarolik holati dalolatnomalarini 
qayd etish Qoidalari»ning 64-bandi). Ota-onasi nikohda bo‘lmagan 
bolaga nisbatan otalikni belgilash uchun o ta-o n an in g shaxsini 
tasdiqlovchi hujjatlari, ular tomonidan otalikni belgilash haqida birgalikda 
berilgan ariza yoki otalikni belgilash haqida sudning qonuniy kuchga 
kirgan hal qiluv qarori nusxasi talab qilinadi (OKning 209-m.).
Fuqarolik holati dalolatnom alarini qayd etish uchun, ularga 
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiri^ish uchun taqdim etilgan hujjatlar 
yetarli bo‘lmasa, FHDYo organi manfaatdor shaxsdan qo‘shimcha 
hujjatlar taqdim etilishini talab qilishi yoki o‘z tashabbusi bilan bu 
hujjatlami tegishli organlardan talab qilib olishi mumkin.

Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə