Fuqarolik holati dalolatn omalarini



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/62
tarix05.10.2023
ölçüsü2,69 Mb.
#125441
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   62
Nazorat savollari:
1. FHDYo organlari tomonidan davlat boji qanday harakatlar uchun
undiriiadi?
2. Davlat bojini undirish tartibi va miqdorini belgilovchi qanday normativ
hujjatlami bilasiz?
3. FHDYo organlari tomonidan bajarilgan qaysi harakatlar uchun qancha
miqdorda davlat boji undiriladi?
4. Qaysi holatlar rasmiylashtirilganda davlat boji undirilmaydi?
5. FHDYo organlari tomonidan faoliyat turi bo ‘yicha aholiga huquqiy va
texnik tusdagi pullik xizjnat ko'rsatish qanday tartibda amalga oshiriladi?
30
www.ziyouz.com kutubxonasi


II 
bo‘lim. FUQAROLIK HOLATI
DALOLATNOMALARINI QAYD ETISH
8-mavzu. T U G ‘IL ISH N I QAYD ETISH
8.1. Tug‘ilishni qayd etish joyi va muddatlari
f Fuqaroning tug'ilish faktining FHDYo organlarida qayd etilishi 
muhim ahamiyatga egadir. FHDYo organlari tomonidan beriladigan 
tug'ilganlik haqida guvohnoma tug'ilganlikni va bolaning ota-onasi kim 
ekanligini tasdiqlovchi yagona hujjat bo‘lib hisoblanadi^
O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 205-moddasiga asosan 
bolalarning tug‘ilishini qayd etish majburiy bo‘lib, bolalar tug‘ilgan 
joydagi yoki ota-onalardan birining doimiy yashab turgan joyidagi 
FHDYo boMimida bir oy muddat ichida qayd etiladi. Dalolatnoma 
yozuvining «tug‘ilgan joyi» bandiga tug‘ilish qayd etilgan ma'muriy 
hududning nomi yoziladi. Ota-onaning istagiga ko‘ra FHDYo organi 
bolaning tugMlganligini tantanali vaziyatda qayd etadi.
\jk>laning oMik tug'ilganligi, tibbiy muassasaning xabariga binoan 24 
soat davomida shu muassasa joylashgan yerdagi FHDYo organi 
tomonidan qayd etiladij
TugMlishni qayd etish haqidagi ariza bolaning ota-onasi yoki ulardan 
biri, ayrim hollarda qarindoshlari, qo‘shnilari, tibbiyot muassasasi 
ma'muriyati, vasiylik va homiylik organlari tomonidan berilishi mumkin.
Belgilangan bir oylik muddatning o‘tkazib yuborilishi FHDYo organi 
tomonidan tug‘ilishni qayd etishni rad qilish uchun asos boMmaydi. 
Bunday hollarda tugMlish joriy yildagi tug‘ilish haqidagi dalolatnomalami 
qayd etish daftarida rasmiylashtiriladi. Dalolatnom a yozuvining 
«Tug‘ilgan vaqti» ustunida bolaning tug'ilgan sanasi va uning yoshi 
ko‘rsatiladi. Bola to‘g‘risidagi maMumotlar tugMlish qayd etilgan yildagi 
va bolaning tug'ilgan yilida yuritilgan «Alfavit» daftarlariga yozib 
qo‘yiladi.

Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə