Fuqarolik holati dalolatn omalarini


Bolaga familiya, ism, ota ismini berish



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/62
tarix05.10.2023
ölçüsü2,69 Mb.
#125441
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   62
Bolaga familiya, ism, ota ismini berish
Tug'ilishni qayd etish yozuvida bolaning familiyasi ota-onasining 
familiyasi bo‘yicha yoziladi, agar ota-onaning familiyasi har xil bo‘lsa, 
ota-onaning o'zaro kelishuvi bilan bolaga ulardan birining familiyasi 
beriladi. Bolaga familiya ota tomonidan yoki ona tomonidan bobosining 
ismi bo‘yicha ham berilishi mumkin. ( 0 ‘z.R. Oila kodeksi. 69-modda). 
Bolaga ism ota-onaning kelishuvi bilan beriladi. Bolaga ism berishda 
o‘zbek milliy an'analariga asosan ismga «xon», «jon», «bek», «bonu» 
kabi qo‘shimchalarni qo'shish yoki Saidrahm onxo'ja, G ulira'no, 
Mirzaolim kabi qo'shma ismlar ham berilishi mumkin. Agar familiya 
yoki ism tanlashda ota-ona o ‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lsa, 
nizo vasiylik va homiylik organi tomonidan hal qilinadi.
Bolaning ota ismi uning otasinjng ismiga «ovich», «evich», «ovna», 
«evna» yoki «o‘g‘li», «qizi» kabi qo‘shimchalar qo‘shib yoziladi. Masalan, 
Sobirov Sarvar Azim o‘g‘li yoki Sobirov Sarvar Azimovich.
Nikohda bo‘lmagan ona tug‘gan bolaning tug‘ilishini qayd etishda, 
agar otalik belgilanmagan bo‘lsa, bolaning familiyasi onaning familiyasi 
bo'yicha yoki ona tomondan bobosining ismi bo‘yicha yoziladi, ismi, 
ota ismi onaning ko‘rsatmasi bo'yicha yoziladi.
Ota-onasi noma’lum bolaning familiya, ism, ota ismi vasiylik va 
homiylik organining yoki bola joylashtirilgan muassasa ma'muriyatining 
ko'rsatmasi bo‘yicha yoziladi. Dalolatnoma yozuvining «belgi uchun» 
bandiga bolaning ota-onasi no'malumligi yozib qo'yiladi. 
'
33
www.ziyouz.com kutubxonasi


8.4. Tug‘ilishni qayd etishdagi alohida holatlar
Tug'ilishni qayd etishda quyidagi alohida holatlar mavjud:
— agar bola onasi nikohda bo‘Igan shaxsning (erining) oMimidan keyin 
uch yuz kun (10 oy) ichida tug‘ilsa, u nikohda tug‘ilgan bola hisoblanadi. 
Tug‘ilish to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuviga vafot etgan shaxs bolaning 
otasi sifatida yoziladi. Dalolatnoma yozuvining «belgi uchun» bandiga 
otaning o‘limi qachon, qaysi FHDYo bo'limida nechanchi raqamli 
dalolatnoma yozuvi bilan qayd etilganligi yozib qo‘yiladi;
— agar bola ota-onasi nikohdan ajralgandan so‘ng yoki nikoh haqiqiy 
emas deb topilgandan so‘ng uch yuz kun ichida tug'ilsa, bolaning onasi 
bilan nikohda bo‘lgan shaxs bolaning otasi deb yoziladi. Dalolatnoma 
yozuvining «belgi uchun» bandiga nikohdan ajralish to ‘g‘risidagi 
dalolatnoma yozuvining raqami va qaysi FHDYo bo'limida qayd 
etilganligi yoziladi yoki sudning nikohdan ajralish to‘g‘risidagi hal qiluv 
qarori sanasi va qaysi sud tomonidan chiqarilganligi yozib qo‘yiladi. 
Agar nikoh munosabatlari tugagandan keyin uch yuz kun ichida bola 
tug'ilsa va bu davrda ayol yangi nikohga kirgan bo‘lsa, bola yangi nikohda 
tug‘ilgan hisoblanadi. Bunday holda sobiq er bolaning nasl-nasabi 
xususida sud orqali nizolashish huquqiga ega bo‘ladi ( 0 ‘z.R.Oila 
kodeksining 60-moddasi);
— egizak (ikkita va undan ortiq) bolalar tug‘ilganda, ulaming har 
biri uchun tug‘ilganlik haqida tibbiy ma'lumotnoma taqdim etiladi. 
Ular asosida tug'ilganlik haqida alohida-alohida dalolatnoma yozuvlari 
tuziladi. Dalolatnoma yozuvlarining raqamlari kasr chizig'i orqali 
yoziladi. Masalan, Sobirova Zuhra Asadovna-dalolatnoma yozuvi raqami 
— 545/546; Sobirov Hasan Asadovich-dalolatnoma yozuvi raqami — 
546/545. Ularning har biriga tug'ilganlik haqida alohida gerbli 
guvohnomalar beriladi («Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish 
Qoidalari»ning 26-bandi);
— o‘lik tug‘ilgan bolaning tug‘ilishi tibbiy ma'lumotnomaga asosan 
tug‘ilishni qayd etish daftariga yoziladi. Tug‘ilish to‘g‘risida guvohnoma 
berilmaydi. Sug‘urta bo ‘limiga va qabristonga topshirish uchun 
ma’lumotnomalar beriladi;
— agar bola tug'ilgandan keyin vafot etsa, hatto u bir necha daqiqa 
yashasa ham, ikkita dalolatnom a yozuvi tuziladi: biri — tibbiy 
ma'lumotnomaga asosan tug'ilish va ikkinchisi — tibbiy guvohnomaga 
asosan o ‘lim to‘g‘risida. Tug‘ilish to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvining 
«belgi uchun» bandida o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvining tartib 
raqami va sanasi ko‘rsatiladi. Zarur hollarda ota-onasining iltimosiga 
ko‘ra tirik tug'ilib, so‘ng vafot etgan bola uchun o ‘lim to ‘g‘risida 
guvohnoma berilishi mumkin («Qoidalar»ning 30-bandi);
34
www.ziyouz.com kutubxonasi


— agar tug‘ilganlikni qayd etish haqidagi ariza belgilangan muddatdan 
o'tkazib berilgan bo‘lsa (masalan bola yetti yoshga to‘lganda), tug'ilish 
joriy yildagi tug'ilganlikni ro'yxatga olish daftarida qayd etiladi. Bola 
to ‘g‘risidagi m a'lum otlar — familiya, ism, ota ismi, dalolatnoma 
yozuvining tartib raqami, sanasi bolaning tug'ilgan yilida va tug'ilish 
to‘g‘risida dalolatnoma yozuvi tuzilgan yilda yuritilgan alfavit daftariga 
yozib qo‘yiladi;
— qaysidir sabablarga ko‘ra fuqaroning tug‘ilishi o ‘z vaqtida qayd 
etilmasdan u 16 yoshdan o'tgandan keyin murojaat etsa, bunday 
shaxslaming tug‘ilishi tug'ilish to ‘g‘risidagi tiklangan dalolatnomalarni 
qayd etish daftariga yoziladi. Dalolatnoma yozuvining tartib raqamidan 
so‘ng «tiklangan yozuv» deb yozib qo‘yiladi;
— 0 ‘zbekiston Respublikasining havo yoki suv kemasida tug'ilgan 
bolaning tug‘ilganligini qayd etish havo kemasi yerga qo'ngan joyda 
yoki suv kemasi portga yetib kelgan joyda konsullik muassasalari 
tomonidan amalga oshiriladi.
Chet elda doimiy yoki vaqtinchalik yashab turgan 0 ‘zbekiston 
fuqarolari bolalarining tug'ilishi 0 ‘zbekiston Respublikasining chet eldagi 
konsullik muassasalarida qayd etiladi. Agar 0 ‘zbekiston Respublikasi 
fuqarosi chet elda tug‘ilgan va uning tug‘ilishi konsullik muassasasida 
qayd etilmagan bo‘lsa, tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvi ota- 
onaning yoki ulardan birining 0 ‘zbekiston Respublikasida yashab turgan 
joy id ag i F H D Y o o rg an i to m o n id a n qayd e tilis h i m um kin 
(«Qoidalar»ning 36-38-bandlari).

Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə