Fuqarolik holati dalolatn omalarini


Tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga bolaning ota-onasi



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/62
tarix05.10.2023
ölçüsü2,69 Mb.
#125441
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   62
8.3. Tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga bolaning ota-onasi
to ‘g ‘risidagi ma'lumotlami yozish
0 ‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 207-moddasiga asosan 
tug‘ilish to ‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvlariga bolaning ota-onasi 
to‘g‘risidagi ma'lumotlar nikoh guvohnomasi asosida yoziladi, ya’ni 
o‘zaro nikohda bo‘lgan ota-ona tug‘ilish to‘g‘risidagi yozuvlar daftariga 
bolaning otasi va onasi deb yoziladi.
Agar ota-ona o‘zaro nikohda bo'lmasalar, ona haqidagi ma’lumotlar 
uning arizasiga va tibbiyot muassasasining ma'lumotnomasiga asosan 
yoziladi. Otasi to‘g‘risidagi ma'lumotlar esa bolaning ota-onasi tomonidan 
birgalikda berilgan otalikni belgilash haqidagi arizaga asosan yoziladi. 
Bolaning onasi vafot etgan taqdirda, muomalaga layoqatsiz deb topilganda, 
onaning qayerdaligini aniqlash mumkin boMmaganda, ota to‘g‘risidagi 
yozuv o‘zini bolaning otasi deb tan olayotgan shaxsning arizasiga ko‘ra 
vasiylik va homiylik organi bilan kelishgan holda yozilishi mumkin.
Bola nikohda boMmagan onadan tugMlganida, ota-onaning otalikni 
belgilash haqidagi birgalikdagi arizasi boMmasa, tugMlish to‘g‘risidagi 
yozuvlar daftarida otaning familiyasi onaning familiyasi bo‘yicha, otaga 
tegishli ism, ota ismi va boshqa maMumotlar onaning (yolg‘iz onaning) 
ko‘rsatmasi bo'yicha yoziladi.
32
www.ziyouz.com kutubxonasi


Agar bola topib olingan bo'lib, ota-on asi n om a'lum b o ‘lsa, ota-on a
to ‘g ‘risidagi m a’lum otlar bola joylashtirilgan muassasaning m a’muriyati,
vasiylik va hom iylik organining k o‘rsatuviga asosan yoziladi.
Nikohda bo‘lgan va sun’iy homila hosil qilish yoki embrionni 
ko'chirishga yozma rozilik bergan shaxslarda shu usullarni qo'llash 
natijasida bola tug‘ilsa, tug'ilish to ‘g‘risidagi yozuvlar daftariga ular 
bolaning ota-onasi deb yoziladi.
0 ‘zaro nikohda bo‘lgan va boshqa ayolga homilani rivojlanish 
maqsadida embrionni ko‘chirishga yozma rozilik bergan shaxslar bolani 
tug‘gan ayolning (qondosh onaning) roziligi bilan bolaning ota-onasi 
deb yozilishi mumkin.
Tug'ilishni qayd etish daftaridagi tug‘ilishga oid yozuv bolaning unda 
ko‘rsatilgan ota-onadan tug'ilganligini tasdiqlovchi dalil hisoblanadi. 
Bolaning otasi yoki onasi deb yozilgan shaxs unga bunday yozuv ma’lum 
bo‘lgan yoxud ma'lum bo‘lishi lozim bo'lgan vaqtdan e’tiboran bir yil 
mobaynida shu yozuv to ‘g‘risida sud tartibida e ’tiroz bildirishi 
m um kin.(0‘z.R.Oila kodeksining 63-moddasi).

Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə