Fuqarolik holati dalolatn omalarini


Nikoh tuzishni qayd etish tartibi



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/62
tarix05.10.2023
ölçüsü2,69 Mb.
#125441
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   62
11.2. Nikoh tuzishni qayd etish tartibi
Nikoh tuzishni xohlovchi fuqarolar FHDYo organlariga belgilangan 
shaklda ariza beradilar. Ariza bilan birga nikohlanuvchilarning shaxsini 
tasdiqlovchi hujjatlari taqdim etiladi. Agar nikohlanuvchilardan biri 
yoki har ikkalasi ikkinchi marta nikoh tuzayotgan bo‘lsalar, awalgi 
nikoh bekor qilinganligi haqidagi guvohnomani yoki r(ikoh be£or 
qilinganligi haqida sudning hal qiluv qarorini yoxud er-xotindan birining
43
www.ziyouz.com kutubxonasi


o ‘Iimi to ‘g ‘risidagi guvohnom ani taqdim etishi k erak .|F H D Y o b o ‘limi
nikohlanuvchi shaxslar bilan kelishgan holda nikohni qayd etish vaqtini
belgilaydi va bu haqda arizalarni qayd etish daftariga yozib q o ‘y a d ij
F H D Y o b o ‘limi arizani qabul qilib olish vaqtida nikohlanuvchilarga
nikohni qayd etish tartibini, ulam ing kelgusida er-xotin va ota-ona
sifatid a huquq va b urch larini, sh u n in gd ek b ir-b irlarinin g o ilaviy
sharoitlari, sog‘liklari bilan yaqindan tanishishlari kelgusida mustahkam
oila qurish asoslaridan biri ekanligini tushuntirishlari kerak.*
Sog‘lom oilani shakllantirishda nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy 
ko‘rikdan o'tkazish, ularni o‘zaro sogMiklaridan xabardor qilish va kerak 
bo‘lgan hollarda davolash choralarini ko‘rish katta ahamiyatga ega. 
Amaldagi Oila kodeksining 17-moddasi «Nikohlanuvchi shaxslami tibbiy 
ko‘rikdan o‘tkazish» deb nomlanadi. Bu moddaning mazmuniga ko‘ra 
nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko'rikdan o'tkazish, shuningdek tibbiy- 
irsiy hamda oilani rejalashtirish masalalari bo‘yicha maslahat berish 
nikohlanuvchi shaxslarning roziligi bilan davlat sogMiqni saqlash tizimi 
muassasalari tomonidan amalga oshirilishi, nikohlanuvchi shaxsni 
ko'rikdan o'tkazish natijalari shifokor siri hisoblanib, u nikohlanuvchi 
shaxsga faqat ko‘rikdan o'tgan shaxsning roziligi bilan bildirilishi 
belgilangan edi. Amaliyotda ushbu modda har doim ham ijro etilmadi. 
Nikohlanuvchi shaxslar ko'pchilik holatlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tishning 
ixtiyoriy ekanligini asos qilib tibbiy ko‘rikdan o'tishga yetarli e’tibor 
bermadilar va natijada bir-birlarining sogMiklaridan o‘zaro xabardor 
boMmagan er-xotin o ‘rtasida to‘ydan keyin turli tushunmovchiliklar 
vujudga kela boshladi. Kasallikdan bexabar boMgan er yoki xotin uni 
davolash choralarini o‘z vaqtida ko‘rmaganligi sababli oilada irsiyat 
bilan bogMiq va tug‘ma kasalliklarga chalingan bolalarning tugMlishi 
kuzatildi. Yuqoridagi holatlarni hisobga olgan holda, sogMom oilani 
shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida 0 ‘zbekiston 
Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi «Ayrim qonun hujjatlariga 
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonuniga asosan Oila 
kodeksining 17-moddasiga o'zgartirish kiritildi. 17-moddaning yangi 
tahririda nikohlanuvchi shaxslar davlat sogMiqni saqlash tizimi 
muassasalarida bepul asosda tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari, tibbiy ko‘rikdan 
o ‘tish hajmi va tartibi 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan belgilanishi ko‘rsatildi. Oila kodeksining 17-moddasi ijrosini 
ta'minlash maqsadida 0 ‘z.R. Vazirlar Mahkamasi 2003-yil 25-avgustdagi 
365-sonli qarori bilan «Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan 
o ‘tkazish to‘g‘risida»gi Nizomni tasdiqladi (Nizomga 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2007-yil 17-apreldagi 78-sonli 
qarori bilan o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi). Mazkur Nizomning
44
www.ziyouz.com kutubxonasi


amal qilishi nikohlanuvchi shaxslarning fuqaroligidan qat'iy nazar 
O'zbekiston Respublikasi FHDYo organlari tomonidan ro'yxatdan 
o‘tkaziladigan barcha nikohlarga joriy etiladi. Ellik yoshdan katta 
shaxslaming nikohini ro‘yxatdan o‘tkazish bundan mustasno.

Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə