Fuqarolik holati dalolatn omalarini



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/62
tarix05.10.2023
ölçüsü2,69 Mb.
#125441
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   62
Nazorat savollari:
1. Farzandlikka olish haqida tushuncha bering.
2. Nima uchun farzandlikka olish FHDYo organlarida rasmiylashtirilishi
kerak? Tuman, shahar hokiminingfarzandlikka olish to‘g ‘risidagi qarorining
o ‘zi farzandlikka olishni vujudga keltiradimi?
3. Farzandlikka olingan bolaning tug'ilishi to‘g ‘risidagi dalolatnoma
yozuviga qanday o ‘zgartirishlar kiritiladi?
4. Farzandlikka olish qaysi vaqtdan boshlab vujudga keladi va farzandlikka
olishning huquqiy oqibatlari nimalardan iborat?
11-mavzu. NIKOH T U Z ISH N I QAYD ETISH
11.1. Nikoh tuzishni qayd etish joyi va muddatlari
jO‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 13-moddasida nikohni 
fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuzish tartibi 
belgilangan-jjvlikohning bu organlarda qayd etilishi uning vujudga 
kelganligini isbotlovchi dalil hisoblanadi; Boshqa yo‘llar bilan, masalan 
diniy yo‘l bilan yoki mahalliy urf-odatlarga amal qilib tuzilgan nikoh 
yuridik ahamiyatga ega bo‘lmaydi.\Nikoh davlat va jamiyat manfaatlarini 
ko‘zlab, shuningdek er bilan xotinning va bolalaming shaxsiy va mulkiy 
huquqlarini himoya qilish maqsadida FHDYo organlarida tuziladj^ 
0 ‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 18-moddasiga asosan nikoh 
FHDYo organlarida ro‘yxatga olingan paytdan boshlab nikohni tuzganlar 
er-xotin hisoblanadilar va shu paytdan e’tiboran ular o'rtasida er-xotinlik 
huquq va majburiyatlari vujudga keladi.
Nikoh tuzishning ikkita asosiy sharti mavjud. Ular: nikoh tuzishning 
ixtiyoriyligi ( 0 ‘z.R.OKning 14-m )va nikohlanuvchilarning nikoh 
yoshiga yetganligidir. Nikoh tuzishning ixtiyoriyligi 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan tamoyillardan biridir. 
Nikoh erkak bilan ayol o'rtasidagi tenglik va o‘zaro xohish asosida 
tuzilgan erkin ittifoq bo‘lib, maqsadi oila qurish, ftrzand ko‘rish, ulami 
jamiyatning munosib kishilari qilib tarbiyafashdir. 0 ‘zbekiston
42
www.ziyouz.com kutubxonasi


Respublikasida nikoh yoshi erkaklar uchun 18 yosh, ayollar uchun 17 
yosh etib belgilangan (Olz.R. OKning 15-m.) Uzrli sabablar bo'lganda, 
alohida hollarda nikohga kirishni xohlovchilaming iltimosiga ko‘ra nikoh 
qayd etiladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini uzog‘i 
bilan bir yoshgacha kamaytirishi mumkin.
■^0‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 212-moddasiga asosan 
nikohni qayd etish nikohlanuvchi shaxslardan birining yashash joyidagi 
FHDYo organlari tomonidan amalga oshiriladjjlAlohida hollarda, istisno 
tariqasida (agar ota-onasi va nikoh tuzayotgan yoshlar 0 ‘zbekiston 
Respublikasining turli viloyat, tuman, shaharlarida yashab turgan 
bo'lsalar) otasi yoki onasining yozma arizasiga ko‘ra nikoh ota-onasining 
yoki ulardan birining yashash joyidagi FHDYo organida qayd etilishi 
mumkin («Qoidalar»ning 75-bandi) Hoziigi kunda nikohlanuvchilaming 
xohishi hisobga olingan holda nikohni tantanali qayd etish sayyor tarzda, 
ya’ni to ‘yxonalarda nikoh tuzish haqidagi arizani qabul qilib olgan 
FHDYo oigani tomonidan tashkil qilinmoqda. Nikohni tantanali qayd 
etish faqat nikohlanuvchilarning roziligi bilan amalga oshiriladi.
Shaharcha, qishloq, ovullarda fuqarolar yig'ini raislari shu hududda 
istiqomat qiluvchi fuqarolaming nikohlarini qayd etishlari mumkin.
j^Nikoh FHDYo organlariga ariza berilgan kundan boshlab bir oy 
muddat o ‘tgandan so‘ng shaxsan nikohlanuvchilarning ishtirokida qayd 
etiladij Ayrim uzrli sabablar mavjud bo‘lgan hollarda bu muddat 
qisqartirilishi mumkim| Masalan, nikohlanuvchilardan birining uzoq 
muddatli xizmat safafiga ketishi, nikohlanuvchilarning birgalikdagi 
turmushidan umumiy farzandlarning bo'lishi, nikohlanuvchi ayolning 
homiladorligi va hokazo. Bir oylik muddatni qisqartirish haqidagi ariza 
FHDYo bo'limining mudiri nomiga yoki fuqarolar yig'ini raisi nomiga 
beriladi. Arizaga muddatni qisqartirish uchun asos bo'ladigan holatlarni 
tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
^Nikohni qayd etish muddatining uzaytirilishi nikohlanuvchilarning 
birgalikdagi arizalariga asosan ko'^ib chiqiladiy Yetarli asoslar bo'lgan 
taqdirda, shuningdek FHDYo oiganining tashabbusi bilan uch oygacha 
uzaytirilishi mumkin ( «Qoidalar»ning 77-bandi).

Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə