Fuqarolik holati dalolatn omalarini


Farzandlikka olishni rasmiylashtirish tartibi



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/62
tarix05.10.2023
ölçüsü2,69 Mb.
#125441
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   62
10.2. Farzandlikka olishni rasmiylashtirish tartibi
Farzandlikka olish to ‘g‘risida tuman, shahar hokimining qarori 
chiqgandan so‘ng 10 kun ichida FHDYo bo'limi bolaning tug‘ilganligi 
haqidagi dalolatnom a yozuviga zarur o ‘zgartirishlarni kiritadi. 
F arzan d lik k a o lish n i rasm iy lash tirish tu g 'ilish t o ‘g ‘risid ag i 
dalolatnoma yozuvi qayd etilgan FHDYo organida, farzandlikka « 
olingan bolaning tug‘ilgan joyi o ‘zgartirilganda esa farzandlikka 
oluvchilar yashaydigan joydagi FHDYo organida amalga oshiriladi. 
Farzandlikka olishni rasmiylashtirishda FHDYo organiga quyidagi 
hujjatlar taqdim etiladi:
a) tuman (shahar) hokimining farzandlikka olish to‘g‘risidagi qarori 
nusxasi;
40
www.ziyouz.com kutubxonasi


b) farzandlikka olinayotgan bolaning tu g 'ilg an lik haqdagi 
guvohnomasi;
d) farzandlikka oluvchi(lar)ning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari.
Tuman hokimining farzandlikka olish to ‘g‘risidagi qarorlari kelib 
tushgan vaqtiga qarab maxsus daftarda qayd etiladi va alohida 
yig‘majildga ketma-ket tikib boriladi.
Farzandlikka olinayotgan bolaning tug'ilishi to‘g‘risidagi dalolatnoma 
yozuviga qanday o'zgartirishlar kiritilishi hokimning qarorida ko‘rsatiladi. 
Farzandlikka oluvchilar dalolatnoma yozuvida bolaning ota-onasi deb 
yoziladi. Farzandlikka olishni sir saqlash maqsadida bolaning familiyasi, 
ismi, ota ismi, tug'ilgan vaqti (bir yildan ortiq bo‘lmagan farq bilan) 
o'zgartiriladi.. Zarur o'zgartirishlar kiritilgandan so‘ng bolaning tug'ilishi 
to ‘g‘risida yangi guvohnoma beriladi. Farzandlikka olingan bolaning 
familiyasi, ismi, ota ismi tug‘ilganligi qayd etilgan yildagi alfavit daftariga 
kiritiladi.
Agar farzandlikka olinayotgan bolaning tug'ilganligi boshqa FHDYo 
bo'limida qayd etilgan bo'lsa, FHDYo organi farzandlikka oluvchilar 
to‘g‘risidagi ma'lumotlarni, bolaning tug'ilganligi haqidagi guvohnomani 
va hokim qarorini o ‘sha FHDYo organiga yuboradi.
Agarbola 10 yoshdan oshmagan bo‘lsa, uning tug'ilgan joyi haqidagi 
ma'lumotlar ham 0 ‘zbekiston Respublikasi doirasida o'zgartirilishi 
mumkin.
Tuman hokimining farzandlikka olish to‘g‘risidagi qarorida bolaning 
tug‘ilgan joyini o ‘zgartirish talabi ko'rsatilgan taqdirda, farzandlikka 
oluvchining yashash joyidagi FHDYo bo‘limi tug‘ilganlik haqidagi 
mavjud guvohnoma asosida tiklangan dalolatnoma yozuvini tuzadi va 
hokimning qarori asosida zarur o‘zgartirishlarni kiritadi. Bunday hollarda 
yangi dalolatnoma yozuvi tug'ilish to ‘g‘risidagi tiklangan yozuvlarni 
qayd etish daflariga yoziladi. Tug‘ilish to‘g‘risidagi tiklangan dalolatnoma 
yozuvining «belgi uchun» ustuniga tug'ilish to‘g‘risida dastlabki tuzilgan 
dalolatnoma yozuvining tartib raqami, qachon, qaysi FHDYo bo‘limida 
qayd etilganligi yozib qo‘yiladi. Tug'ilish to‘g‘risida yangi dalolatnoma 
yozuvi tuzilganligi haqida dastlabki dalolatnoma yozuvi saqlanayotgan 
FHDYo boTimiga xabar beriladi. Xabarnom a asosida tug‘ilish 
to ‘g‘risidagi dastlabki yozuv bekor qilinadi. TugTlish to‘g‘risidagi 
tiklangan yozuv asosida yangi guvohnoma beriladi.
Farzandlikka olish munosabati bilan bolaning tugTlishi to‘g‘risidagi 
yozuvga tegishli o ‘zgartirishlarni kiritgan FHDYo boTimi bu 
yozuvlarning ikkinchi nusxalariga ham o ‘zgartirish kiritish uchun 
tegishlicha QoraqalpogTston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar 
FHDY
o
arxivlarini xabardor qiladi. 
,
41
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzandlikka olishni sir saqlash qonun bilan himoya qilinadi. 
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftaridagi va boshqa 
huju'atlardagi farzandlikka oluvchilar farzandlikka olinganlarning ota- 
onasi emasligini bildiradigan mazmundagi yozuvlar bilan tanishtirish
bu yozuvlardan ko‘chirmalar va boshqa ma’lumotlarni farzandlikka 
oluvchilaming roziligisiz berish taqiqlanadi. Farzandlikka olish sirini 
oshkor qilgan shaxslar 0 ‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 
125-moddasiga asosan javobgarlikka tortiladi.

Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə