Fuqarolik holati dalolatn omalarini



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/62
tarix05.10.2023
ölçüsü2,69 Mb.
#125441
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   62
FHDYo
38
www.ziyouz.com kutubxonasi


bo'limi dalolatnoma yozuvining lkkinchi nusxasiga ham o'zgartirish 
kiritish uchun adliya boshqarmalari FHDYo arxivlariga xabarnoma 
yuboradi.
Otalikni belgilash munosabati bilan tug‘ilish to‘g‘risidagi dalolatnoma 
yozuvida ota to‘g‘risidagi ma'lumotlar o'zgartirilishi bilan bitga bolaning 
familiyasi, ota ismi va ota-onasining xohishi bilan ismi ham o'zgartirilishi 
mumkin. Bolaning yangi familiyasi, ismi va ota ismi tug'ilish to ‘g‘risidagi 
alfavit daftariga kiritiladi.
Nazorat savollari:
1. Bolaning nasl-nasabini belgilash asoslarini aytib bering.
2. Otalikni belgilash deganda nimani tushunasiz? Otalikni belgilashning
ahamiyati nimada?
3. Otalikni belgilash haqida ota-ona tomonidan ariza berish tartibini
tushuntirib bering.
4. Qaysi hollarda faqat otaning arizasi asosida otalik belgilanadi?
5. Otalikni sud tartibida belgilash tartibini aytib bering.
10-mavzu. FARZANDLIKKA O L ISH N I RA SM IYLASH TIRISH
10.1. Bolani farzandlikka olish tushunchasi.
Farzandlikka olishga faqat voyaga yetmagan bolalarga nisbatan va 
ulaming manfaatlarini ko‘zlab yo‘l qo‘yiladi. Farzandlikka olish bolani 
farzandlikka olishni istagan shaxslarning arizasiga binoan hamda vasiylik 
va homiylik bo'limlarining tavsiyasiga ko‘ra tuman, shahar hokimi qarori 
bilan amalga oshiriladi. ( 0 ‘z.R. Oila kodeksining 151-moddasi) 
Farzandlikka olishning asosiy maqsadi bolaning oilada tarbiyalanishini 
ta'minlash bo'lib, farzandlikka oluvchilar o'zganing farzandini o ‘z 
farzandiga tenglashtirib oladilar. Farzandlikka oluvchilar bilan 
farzandlikka olinganlar o‘rtasida tuqqan ota-ona bilan bolalar o'rtasidagi 
huquqiy munosabatlar vujudga keladi. Farzandlikka olish mutlaq 
txtiyoriydir. Shuning uchun bolani farzaftdlikka olishga to‘sqinlik qiluvchi 
holatlar bo‘lmasa, qaysi bolani farzandlikka olishni farzandlikka oluvchi 
shaxsning o‘zi hal qiladi. Bolani farzandlikka berish haqidagi qaromi 
umng manfaatlarini hisobga olgan holda vakolatli organ (hokim) qabul 
qiladi. Bir paytning o‘zida ikki yoki undan ortiq bolani ham farzandlikka 
olish mumkin. Bu holatlarda farzandlikka olinayotgan har bir bola 
haqida alohida qaror chiqariladi.
q
. ^oyaga yetgan erkak va ayol farzandlikka oluvchilar boMishi mumkin. 
zbckiston Respublikasi Oila kodeksining 151-moddasida farzandlikka 
,sh huquqiga ega boMmagan shaxslar belgilangan. Ular:
39
*
www.ziyouz.com kutubxonasi


— ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi 
cheklanganlar;
— qonun bilan belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki 
muomala layoqati cheklangan deb topilganlar;
— asab kasalliklari va narkologiya muassasalarida ro ‘yxatda 
turuvchilar;
— o ‘z zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan bo‘yin 
tovlaganligi, ota-onalik huquqini suiiste'mol qilganligi, farzandlikka 
olinuvchilarga shafqatsiz munosabatda bo'lganligi va boshqa asoslarga 
ko‘ra (0 ‘z.R. Oila kodeksining 169-moddasi) farzandlikka olish bekor 
qilingan sobiq farzandlikka oluvchilar;
— qasddan sodir qilgan jinoyati uchun ilgari hukm qilinganlar.
Farzandlikka oluvchi va farzandlikka olinuvchi yoshi o‘rtasidagi farq
o ‘n besh yoshdan kam bo‘lmasligi shart, o ‘gay ota va o ‘gay ona 
tomonidan farzandlikka olish hollari bundan mustasno.
Farzandlikka olingan bolalar barcha shaxsiy va mulkiy huquqlarda 
farzandlikka oluvchining o‘z bolalariga tenglashtiriladi. Farzandlikka 
olinganlar va ulaming ota-onasi, qarindoshlari bir-birlariga nisbatan 
shaxsiy va mulkiy huquqlami yo‘qotadilar hamda majburiyatlardan ozod 
bo‘ladilar ( 0 ‘z.R. Oila kodeksining 165-m.) Farzandlikka olingan 
bolaning tug‘ilish to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuviga FHDYo organlari 
tomonidan zarur o'zgartirishlar kiritilgan kun farzandlikka olishning 
vujudga kelgan vaqti hisoblanadi ( 0 ‘z.R. OKning 167-m.).
Farzandlikka olish muqim huquqiy akt bo‘lib u alohida shartlar va 
maxsus tartibga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Bu tartib-qoidalar 
0 ‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 20-bobida va «Fuqarolik 
holati dalolatnomalarini qayd etish Qoidalari»ning 63-72-bandlarida 
belgilangan.

Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə