Fuqarolik holati dalolatn omalarini


Nikohdan sud tartibida ajratish



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/62
tarix05.10.2023
ölçüsü2,69 Mb.
#125441
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   62
12.3. Nikohdan sud tartibida ajratish
Er-xotinning voyaga yetmagan farzandlari bo‘lsa yoki ularning o‘zaro 
mulkiy nizolari bo'lsa, nikohdan ajralish uchun fuqarolik sudlariga 
murojaat etiladi. Nikohdan ajralish to‘g‘risidagi ishlar sud tomonidan
50
www.ziyouz.com kutubxonasi


0 ‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksida da'vo ishlarini 
hal qilish uchun belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. Nikohdan ajralish 
to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda sud o‘z faoliyatini oilani saqlab qolishga 
va oilaviy vaziyatni sog'lomlashtirishga qaratadi.
Sud ishning ko‘rilishini keyinga qoldirib, er-xotinga yarashish uchun 
olti oygacha muhlat tayinlashga haqli. Sud er-xotinni yarashtirish 
maqsadida ular yashab turgan joydagi o‘zini o ‘zi boshqarish organi — 
mahalla oqsoqollari kengashiga, xotin-qizlar qo‘mitalariga muhokama 
qilish va ularni yarashtirish uchun zarur hollarda ajrim nusxalarini 
yuborishi mumkin.
Agar sud er-xotinning bundan buyon birgalikda yashashiga va oilani 
saqlab qolishga imkoniyat yo‘q deb topsa, ularni nikohdan ajratadi. 
Nikohdan sud tartibida ajratilganda, sudning hal qiluv qarori qonuniy 
kuchga kirgan kundan boshlab er-xotinlik munosabatlari tugagan 
hisoblanadi. Nikohdan ajralish to‘g‘risida sudning qonuniy kuchga kirgan 
hal qiluv qarori nusxasi nikohdan ajralish to ‘g‘risidagi guvohnomaga 
tenglashtiriladi. Hal qiluv qaroridan nusxa berishda belgilangan miqdorda 
davlat boji undiriladi.
12.4. Nikohdan ajralishni qayd etishning umumiy masalalari
Nikohdan ajralish FHDYo organlarida qayd etilgandan so‘ng sobiq 
er-xotinning har biriga nikohdan ajralganlik to‘g‘risida gerbli guvohnoma 
beriladi. Nikohdan ajralish (oldindan ogohlantirilib) er-xotindan birining 
ishtirokisiz qayd etilgan bo‘lsa, nikohdan ajralganlik haqida guvohnoma 
tomonlardan biriga beriladi. Nikohdan ajralishni qayd etish vaqtida 
ishtirok etmagan er yoki xotin guvohnomani olish uchun murojaat etib 
kelganida unga nikohdan ajralish qayd etilgan sana va guvohnoma 
berilgan sana ko‘rsatilgan holda beriladi. Er-xotinning pasportlariga 
nikohdan ajralganlik haqida yozuv kiritiladi. Bunda nikohdan ajralish 
qachon, qaysi FHDYo organi tomonidan qayd etilganligi, sobiq er 
(xotin)ning familiya, ism, ota ismi, p g ‘ilgan vaqti ko‘rsatiladi. Nikoh 
sud tartibida bekor qilinganda, bunday yozuvlar sud tomonidan kiritiladi.
Nikohdan ajralish qayd etilgandan so‘ng er-xotin o ‘zining nikohgacha 
bo‘lgan familiyasiga o ‘tmoqchi bo‘lsa, bu haqda nikohdan ajralish 
to‘g‘risidagi arizada ko‘rsatilishi kerak. Nikohdan ajralish qayd etilgandan 
so‘ng er-xotinning pasporti, agar harbiy majburiyatli bo‘lsa harbiy 
biletining birinchi sahifasiga familiya o'zgartirilishi munosabati bilan 
hujjat almashtirilishi kerakligi yozilib, imzo va muhr bilan tasdiqlanadi.
Nikohdan ajralishni qayd etgan FHDYo bo'limi nikoh tuzilganligi 
haqidagi dalolatnoma yozuviga nikoh tugaganligi haqida belgi qo‘yishi 
va nikoh to ‘g‘risidagi yozuvning ikkinchi nusxasiga ham belgi qo‘yish
51
www.ziyouz.com kutubxonasi


uchun adliya boshqarmalarining FHDYo arxivlariga xabar berishi lozim. 
Agar nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi boshqa FHDYo 
organida, shu jumladan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tarkibiga 
kiruvchi davlatlarning FHDYo organlarida saqlanayotgan bo‘lsa, 
nikohdan ajralishni qayd etgan FHDYo organi o‘n kunlik muddat ichida 
o‘sha FHDYo organiga nikoh tugatilganligi haqida xabarnoma yuborishi 
lozim. Nikohdan sud tartibida ajratilganda, bunday xabarnoma sudning 
nikohdan ajratish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kiigan 
kundan boshlab o ‘n kun ichida yuboriladi. Xabarnomani olgan FHDYo 
organi nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvining «belgilar 
uchun» ustuniga nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvining 
raqami, sanasi va qaysi FHDYo organi tomonidan qayd etilganligini 
yozib, imzo va muhr bilan tasdiqlaydi. Nikoh sud tartibida bekor 
qilinganda, hal qiluv qarori qaysi sud tom onidan qaysi sanada 
chiqarilganligi va qachon qonuniy kuchga kirganligi yozib qo‘yiladi. 
Dalolatnoma yozuvining birinchi sahifasiga nikoh bekor bo‘lganligini 
tasdiqlovchi qiya (diagonal) chiziq tortadi. Nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi 
dalolatnoma yozuvining ikkinchi nusxasiga ham shunday belgi qo'yish 
uchun yuqori turuvchi FHDYo arxiviga xabarnoma jo ‘natadi.
1998-yil 1-sentyabigacha, ya'ni 0 ‘zbekiston Respublikasining amaldagi 
Oila kodeksi kuchga kirgunga qadar nikohdan sud tartibida ajratilganda, 
er-xotin sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan keyin o‘tgan 
muddatdan qat’i nazar albatta yashash joyi bo‘yicha FHDYo bo‘limiga 
murojaat qilishlari talab etilar edi. Sobiq er-xotin istasa biigalikda, istasa 
har biri alohida o‘zi xohlagan vaqtda FHDYo otganiga murojaat qilishi 
mumkin edi. FHDYo bo‘limi sudning hal qiluv qarori asosida nikohdan 
ajralish haqida dalolatnoma yozuvini tuzib, sobiq er-xotinga ajralish 
to‘g‘risidagi guvohnomani bergandan keyingina nikoh munosabatlari 
tugagan hisoblanar edi. Pasportga nikoh tugatilganligini tasdiqlovchi 
belgilar ham guvohnoma bergan FHDYo oigani tomonidan amalga 
oshirilgan. Hozitgi kunda bu jarayon soddalashtirilgan bo‘lib, nikohdan 
ajralish to‘g‘risidagi sudning qonuniy kuchga kiigan hal qiluv qarori nusxasi 
nikohdan ajralish to‘g‘risidagi guvohnomaga tenglashtirildi ( 0 ‘z.R.OKning 
47-m.), ya’ni sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan 
boshlab nikoh tugatilgan hisoblanadi.
Respublika sudlarining 1998-yil 1-sentyabrgacha qonuniy kuchga 
kiigan qarorlari bo‘yicha nikohdan ajratishni qayd etish nikohdan ajratish 
to‘g‘risidagi hal qiluv qarorini chiqargan sud joylashgan hududdagi 
FHDYo organi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda nikohdan ajralishni 
qayd etishgacha FHDYo organi er yoki xotindan birining nikohdan 
ajrallshni rasmiylashtirish uchun murojaat etganligi tekshiriladi.
52
www.ziyouz.com kutubxonasi


Tekshiruvni sud qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab murojaat 
etilgan kungacha nikohdan ajralish to ‘g‘risidagi «Alfavit» daftarlari 
bo‘yicha va nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuviga ajralish 
to ‘g‘risida belgi qo‘yilganligi yoki yo‘qligi bo‘yicha o'tkaziladi.
Agar nikohdan ajralish FHDYo organida tomonlardan birining 
arizasiga ko‘ra qayd etilgan bo‘lsa, u holda dalolatnoma yozuvi ikkinchi 
tomon to ‘g‘risidagi ma'lumotlarbilan to‘ldiriladi va nikohdan ajralganlik 
to‘g‘risida guvohnoma beriladi.
MDH mamlakatlari sudi tomonidan qonuniy kuchga kirgan qaror 
asosida 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bilan tuzilgan nikohni bekor 
qilish (qaror qachon chiqqanidan qat’i nazar) agar davlatlararo bitimda 
boshqa hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, arizachining turar joyidagi 
FHDYo organida qayd etiladi («Fuqarolik holati dalolatnomalarini 
qayd etish Qoidalari»ning 121-122-bandlari).

Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə