Fuqarolik holati dalolatn omalarini


Er-xotindan birining arizasi asosida nikohdan ajralishni qayd etish



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/62
tarix05.10.2023
ölçüsü2,69 Mb.
#125441
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   62
12.2. Er-xotindan birining arizasi asosida nikohdan ajralishni qayd etish
0 ‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 43 va 218 moddalariga 
asosan, agar er-xotindan biri:
— sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb topilgan bo‘lsa;
— sud tomonidan ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi tufayli muomalaga 
layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa;
— sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam bo‘lmagan muddatga 
ozodlikdan mahrum qilingan bo‘lsa;
o‘rtada voyaga yetmagan bolalari borligidan qat’iy nazar, er-xotindan 
birining arizasiga ko‘ra ular FHDYo organlarida nikohdan ajratiladi.
Agar bolalar haqida, er-xotinning umumiy mulkini bo‘lish haqida 
yoki yordamga muhtoj mehnatga layoqatsiz er (xotin)ga ta'm inot berish 
uchun mablag‘ to ‘lash haqida nizo mavjud bo‘lsa, ular nikohdan sud 
tartibida ajratiladi.
Ariza doimiy yashash joyi bo'yicha FHDYo bo‘limiga beriladi. Er- 
xotindan birining arizasi bo‘yicha nikohdan ajralishni qayd etish uchun 
FHDYo bo'limiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: agar er-xotindan 
biri muomalaga layoqatsiz yoki bedarak yo‘qolgan deb topilgan bo‘lsa, 
shu haqdagi sudning qonuniy kuchga kiigan hal qiluv qarori. Agar er 
(xotin) uch yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum 
qilingan bo‘lsa, sudning qonuniy ktfchga kirgan hukmidan ko‘chirma, 
shuningdek, sudlangan er (xotin)ning o ‘rtadagi bolalari va mol-mulki 
yuzasidan nizosi yo'qligi to ‘g‘risida tilxat.
Shu bilan birga arizachining shaxsini tasdiqlovchi hujjati va nikoh 
guvohnomasi ham taqdim etiladi. Uch yildan kam bo'lmagan muddatga 
ozodlikdan mahrum etilgan shaxsning eri (xotini) FHDYo bo'limiga 
jazoni o ‘tash joyining manzilini ko'rsatishi kerak. Arizani qabul qilib 
olgan FHDYo organi shu kuniyoq bu to ‘g‘rida jazoni ijro etish 
muassasasiga xabarnoma jo ‘natadi. Muassasa ma’muriyati xabamomani 
olgach, ikki hafta mobaynida mahkumning arizachi bilan o‘rtada bolalar
49
www.ziyouz.com kutubxonasi


va m ol-m ulk to ‘g‘risida nizo yo'qligi haqida yozma ravishda 
bildirishnomasini tasdiqlab FHDYo organiga jo'natadi. Mahkumning 
hech qanday nizolari bo'lmasa, uning ajralishga rozi yoki rozi emasligi 
inobatga olinmasdan nikohdan ajralish qayd etiladi. Mulkiy nizolar 
borligi haqida javob xati kelgan taqdirda, nikohdan ajralish qayd 
etilmaydi va arizachiga nikohdan ajralish uchun sudga murojaat qilish 
kerakligi tushuntiriladi.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsning eri 
yoki xotini FHDYo organiga nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ariza va 
yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan birga muomalaga layoqatsiz er yoki 
xotinga tayinlangan vasiyning familiya, ismi, ota ismi, manzili, agar 
vasiy tayinlanmagan bo‘lsa, muomalaga layoqatsiz er yoki xotin 
joylashtirilgan tibbiyot muassasasining manzili ko'rsatiladi. Kelib tushgan 
ariza belgilangan tartibda ro'yxatga olinadi va muomalaga layoqatsiz er 
yoki xotinga tayinlangan vasiyga xabarnoma yuboriladi. Xabamomaning 
bir nusxasi arizaga tikib qo'yiladi. Xabamomada FHDYo organi vasiydan 
o‘z vasiylikdagi shaxsning er-xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish, 
moddiy ta'minot berish, bolalari yuzasidan nizolar bor yoki yo'qligi 
haqida ma'lumot berishi so'raladi. Belgilangan muddatda nizolar yo‘qligi 
haqida javob kelsa, nikohdan ajralish qayd etiladi. Nizolar borligi 
aniqlanganda, arizachiga sudga murojaat etish tartibi tushuntiriladi.
Bedarak yo'qolgan er yoki xotinning mulki qolgan bo‘lsa, FHDYo 
bo‘limi mulkka tayinlangan vasiyga, agar vasiy tayinlanmagan bo‘lsa, 
mulkning asosiy qismi joylashgan yerdagi tuman, shahar hokimligiga 
bedarak yo'qolgan deb topilgan er yoki xotindan nikohdan ajralish 
haqida ariza kelib tushganligini va belgilangan muddat ichida umumiy 
mulkni bo‘lish bo'yicha nizolar bor-yo‘qligi haqida xabar berilishini 
so'raydi. Nizolaryo'qligi haqidajavob kelsa yoki belgilangan muddatda 
hech qanday javob kelmasa, nikohdan ajralish qayd etiladi va arizachiga 
nikohdan ajralganlik haqida guvohnoma beriladi. Agar bedarak yo‘qolgan 
deb topilgan shaxsning mulki bo'lmasa, nikohdan ajralish ariza qabul 
qilib olingan kuni rasmiylashtiriladi. Sud tomonidan bedarak yo‘qolgan 
deb topilgan er (xotin) qaytib kelgan va tegishli sud qarori bekor qilingan 
hollarda nikoh er-xotinning birgalikdagi arizasiga ko‘ra FHDYo organi 
tomonidan tiklanishi mumkin. Agar er (xotin) yangi nikohga kirgan 
bo'lsa, nikohni tiklash mumkin emas ( 0 ‘z.R.OKning 48-m.).

Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə