Suitsidal xavf so’rovnomasi (T. N. Razuvaeva tomonidan modifikatsiya qilingan) Maqsad



Yüklə 20,34 Kb.
səhifə1/2
tarix30.12.2023
ölçüsü20,34 Kb.
#164536
  1   2
Suitsidal xavf sorovnomasi



Suitsidal xavf so’rovnomasi (T.N.Razuvaeva tomonidan modifikatsiya qilingan)
Maqsad: suitsidal xavfning ekspress-diagnostikasi hisoblanib, suitsidal fikrning jiddiy o’z joniga qasd qilishga urinish ekanligidan ogohlantirish maqsadida uni shakllanish darajasining namoyon bo’lishidir. 8–11-sinf o’quvchilari uchun mo’ljallangan bo’lib, uni individual va guruhiy test shaklida o’tkazish mumkin. Yo’riqnoma: Men fikrlarni o’qiyman, siz esa, javoblar varaqasida fikrlarga rozi bo’lsangiz “ha”, fikrlarga rozi bo’lmasangiz “yo‘q” deb belgilaysiz.
1.Hammangiz, boshqalarga nisbatan o’zingizni sezgir his qilasiz. 2.Sizni ko’pincha qayg’uli o’ylar qiynaydi. 3.Siz hayotda o’zingiz istagan mavqega erishishni umid qilmaysiz. 4.Siz omadsizlikka uchrasangiz, yangi ish boshlashingiz qiyin. 5. Sizni hayotda omadingiz kelmaydi. 6. Siz uchun ilgariga qaraganda o’qish qiyinlashib bormoqda. 7. Aksariyat odamlar sizdan ko’ra hayotdan mamnun. 8. Siz uchun o’lim gunohlarni yuvish hisoblanadi, deb o’ylaysiz. 9. Etuk insongina hayot bilan vidolashishi mumkin. 10. Vaqti-vaqti bilan sizda kulgu yoki yig’ini to’xtata olmaslik xuruji tutadi. 11. Siz kutmagan insonlarning do’stona munosabatda bo’lganlarga ehtiyotkorlik bilan qaraysiz. 12.Siz o’zingizni halokatga mahkum deb hisoblaysiz. 13. Agarda bu noqulayliklar bilan bog’liq bo’lsa, kamdan-kam insonlargina boshqalarga chin dildan yordam berishga harakat qiladi. 14. Sizni hech kim tushunmayotgandek, taassurot uyg’onadi. 15. Agar odam birovlarni qiziqtiradigan qimmatbaho narsani nazoratsiz qoldirsa, kim o’g’irlagan bo’lsa, o’shanchalik aybdor sanaladi. 16. Sizning hayotingizda hammasi tugagandek ko’ringan omadsizliklar bo’lmagan. 17.Siz o’z taqdiringizdan qoniqasiz. 18. Sizning o’ylashingizcha, har doim o’z vaqtida nuqta qo’yish kerak. 19. Hayotingizda sizning qarorlaringizga o’z ta’sirini o’tkaza oladigan va hatto o’zgartiradigan odam bor. 20. Mabodo sizni xafa qilishsa, xafa qilgan odamning nohaqligini qanday bo’lmasin isbotlashga harakat qilasiz. 21. Bu sizning gapirishingizga xalaqit berishidan tez-tez xavotirlanasiz. 22. Siz tushgan vaziyat adolatsizdek tuyuladi. 23. Ba’zida siz nojo’ya va hatto yomon ish qilib qo’ygandek bo’lasiz. 24. Kelajak sizga zulmatdek tuyuladi. 25.Aksariyat odamlar egri yo’l bilan foyda qilishadi. 26. Jiddiy rejalar tuzish uchun kelajak judayam noaniq. 27.Sizning yaqin oradagi xavotirlaringizni kamdan-kam odamlar boshdan o’tkazgan. 28. Siz noxushliklarga judayam chuqur qayg’urasizki, hatto xayolingizdan chiqarib tashlolmaysiz. 29. Ko’pincha, siz ehtiroslarga berilgan holda o’ylamasdan harakat qilasiz.


Yüklə 20,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə