Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 11,26 Kb.
səhifə1/4
tarix27.12.2023
ölçüsü11,26 Kb.
#162043
  1   2   3   4
4-ma\'ruza. Yurak Qon tomir

MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

  • 4-mavzu: YURAK QON- TOMIR TIZIMI
  • HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI
  • bo’limi proffesori
  • Rasulova Marg’ba Ilhamovna

Reja:

Qon aylanish sistemasi

  • - yurak, aorta, arteriya, arteriol, prekapillyar, kapillyarlar, postkapillyar, venul va vena hamda limfa tomirlari kiradi.

Yurakning tuzilishi

  • Yurak konus shaklidagi kovak a’zo bo‘lib, ko‘krak qafasida joylashgan. Uning 2/3 qismi tananing o‘rta chizig‘idan chapda, 1/3 qismi o‘ng tomonida joylashgan.
  • Yurakning og‘irligi 220-300 gr. chaqaloqlarda esa 20-25 gr bo‘ladi. Ularda oval yoki sharsimon bo‘lib, 6 yoshdan konus shakliga kiradi.
  • Yurakning qon tomirlar chiqadigan qismi yurak tubi (usti), torayib ketgan qismi yurakning uchi deyiladi.

Yurak devorlari -

  • 3 qavatdan iborat: ichki – endokard, o’rta – mushak ya’ni miokard va 1- tashqi – epikard yurak muskuliga yopishib turadi. 2 - tashqi qavati perikard xalta sifatida yurakni o’rab turadi. Ikkala qavat o’rtasidagi bo’shliqda suyuqlik bo’lib, yurak ishini onsonlashtiradi. Suv yig’ilsa perikardit kasalligi rivojlanadi.

Qon tomirlari

  • Arteriyalaryurak qorinchasidan chiqib, tananing hamma qismlariga qon olib boruvchi qon tomir bo’lib, 3 qavatdan iborat. Sirtdan qalin elastik biriktiruvchi to’qima (adventitsiya) bilan qoplangan. Uni ostida silliq muskul va elastik tolalardan iborat o’rta qavat, uni ostida bir qator endoteliy hujayralardan ichki qavat joylashgan. Arteriyalar organlar va to’qimalarda yanada ham ingichkalashib, kapillyarlarni hosil qiladi.

Qon tomirlar

  • Kapillyarlar devori bir qavat hujayralardan iborat, barcha to’qimalar orqali qon bilan kelgan oziq moddalarni va kislorodni to‘qimalarga, to‘qimalardagi karbonat angidrid va moddalar almashinuvi chiqitlarini qonga o‘tishiga yordam beradi. Organlardan chiqadigan kapillarlar asta-sekin birlashib venalarni hosil qiladi.
  • Venalar – qonni yurak bo’lmalariga olib keladigan qon tomirlari. Venalar devori ham 3 qavatdan iborat, lekin yupqaroq. Yirik venalarda joylashgan klapanlar qonning faqat yurak tomoniga qarab harakatlantiradi.

Yüklə 11,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə