Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 11,26 Kb.
səhifə2/4
tarix27.12.2023
ölçüsü11,26 Kb.
#162043
1   2   3   4
4-ma\'ruza. Yurak Qon tomir

Qon aylanish doiralari

  • Arteriyalar, venalar va kapillyarlar organizmda katta va kichik qon aylanish doiralarini hosil qiladi.
  • Yurakdan boshlanuvchi qon tomirlari, ularda qanday qon bo’lishidan qat’iy nazar, arteriya qon tomiri, yurakka quyiluvchi qon tomirlari esa vena qon tomiri deyiladi.
  • Yurak to’rt kameradan tashkil topgan o’ng va chap bo’lmacha, o’ng va chap qorincha.

Katta qon aylanish doirasi

  • Katta qon aylanish doirasi yurakning chap qorinchasidan aorta va mayda arteriya tomirlari orqali tananing barcha to’qima va organlarini arteriya qoni sifatida kislorod va oziq moddalar bilan ta’minlaydi, vena qoniga aylanadi hamda yuqorigi va pastki kovak venalar orqali o’ng bo’lmachaga quyiladi.

Kichik qon aylanish doirasi

  • Kichik qon aylanish doirasi yurakning o’ng qorinchasidan – o’pka arteriyasi deb ataluvchi katta qon tomiridan boshlanadi. U o’ng va chap o’pka arteriyalari, kapillyarlarga bo’linadi. Bu qon o’zidagi karbonat angidridni o’pka alveolalariga o’tkazib, ulardan kislorodni qabul qilib, arteriya qoniga aylanadi. Bu qon to’rtta o’pka venalari orqali yurakning chap bo’lmasiga quyiladi.

Yurakning ishi

  • Yurakning bo’lma va qorinchalari ritmik qisqarib (sistola) va bo’shashib (diastole) turadi. Buni yurak sikli deyiladi. Tinch turganda yurak bir daqiqada 70-75 marta uradi. Yurakning sikli 3 ta fazadan iborat: 1) - 0,1 soniya vaqtda ikki bo’lma birdan qisqaradi va ulardagi qon qorinchalarga o’tadi. 2) - 0,3 soniya vaqtda ikki qorincha birdan qisqaradi va ulardagi qon aorta va o’pka arteriyasiga o’tadi.

Yurak ishining bir sikli

  • 3) - fazada bo’lma va qorinchalar bo’shashib, yurak dam oladi (pauza). Bu faza 0,3-0,4 soniya davom etadi. Yurak ishining bir sikli 0,8 soniya davom etadi. Yurak ishlab turganda o’ziga xos tovushlar-tonlar hosil bo’ladi. Ularni stetoskop yog’ki fonendoskop yog’rdamida eshitish mumkin.

Yüklə 11,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə