Fuqarolik holati dalolatn omalarini



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/62
tarix05.10.2023
ölçüsü2,69 Mb.
#125441
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   62
Nazorat savollari:
7. 
Fuqarolikholati dalolatnomalari qaydetilganligi tasdig‘isifatida FHDYo
organlari tomonidan qanday hujjat beriladi?
2. O ‘zbekiston respublikasida gerbliguvohnomalaming nechta turi mavjud
va ularda qanday ma jumotlar aks ettiriladi?
3. Takroriy guvohnoma olish uchun fuqarolar qaysi FHDYo bojimiga
murojaat etishlari kerak ?
4. Tuman FHDYo bo‘limida dalolatnoma yozuvi saqlanmagan bo‘lsa,
qanday yo ‘l tutiladi? 
v
5. Takroriy guvohnoma dastlabki guvohnomadan farq qiladimi?
7-mavzu. DAVLAT BO JIN I U N D IR ISH
7.1. Fuqarolik holati dalolatnomalari qayd etilganligi uchun
undiriladigan davlat bojining miqdori
Fuqarolik holati dalolatnomalari qayd etilgani uchun, takroriy 
guvohnomalar berilgani uchun, familiya, ism, ota ismi o‘zgartirilgani 
uchun, dalolatnoma yozuvlariga o'zgartirish, tuzatish, qo‘shimchalar 
kiritilgandan so‘ng va dalolatnom a yozuvlari tiklangandan so‘ng
27
www.ziyouz.com kutubxonasi


guvohnomalar berilgani uchun FHDYo organlari belgilangan tajtibda 
va miqdorda davlat bojini undiradilar.
Davlat bojini undirish tartibi 0 ‘zbekiston Respublikasining «Davlat 
boji to ‘g‘risida»gi qonunida belgilangan. Bu qonun 1992-yil 9-dekabrda 
qabul qilingan va unga keyingi yillarda bir qator qo‘shimcha va 
o'zgartirishlar kiritilgan (FHDYo organlari faoliyatiga taalluqli modda 
bandlariga 0 ‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi 729- 
1-son qonuni bilan o‘zgartirishlar kiritilgan). Qonunda davlat bojini 
to'lovchilar, davlat boji undiriladigan obyektlar, davlat boji bo‘yicha 
imtiyozlar, davlat bojini to'lash va uni budjetga o‘tkazish tartibi, davlat 
bojini qaytarish, davlat bojini undiruvchi idoralarning mas’uliyati, 
davlat boji to‘g‘ri undirilishi ustidan nazorat qilish tartib qoidalari 
belgilangan.
Undiriladigan davlat bojining miqdori 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi «Davlat boji stavkalari haqida»gi 
533-sonli qarorida belgilangan. Bu qarorga bir qancha o‘zgartirish va 
qo‘shimchalar kiritilgan. Shu jumladan FHDYo organlari tomonidan 
undiriladigan boj stavkalari 1998-yil 20-oktyabrda 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 448-sonli qarori asosida o'zgartirilgan.
Ushbu normativ hujjat asosida FHDYo organlari tomonidan davlat 
boji quyidagi miqdorda undiriladi:
1. nikoh tuzishni qayd etganlik uchun — eng kam oylik ish haqining 
20% miqdorida;
2. nikohdan ajralishni qayd etish uchun:
ajvoyaga yetmagan farzandlari bo‘lmagan er-xotinning birgalikdagi 
arizalariga asosan er-xotinning biridan yoki ikkalasidan — eng kam 
oylik ish haqining 150% miqdorida;
b)sudning hal qiluv qaroriga asosan nikohdan ajralishda, agar er- 
xotin birinchi nikohda bo'lsa — eng kam oylik ish haqining 150% dan 
300% gacha;
d) sudning hal qiluv qaroriga asosan, agar er-xotindan biri takroriy 
nikohdan ajrashayotgan bo‘lsa — eng kam oylik ish haqining 300% dan 
400% gacha.
Nikoh sudning hal qiluv qaroriga asosan bekor qilinganda 
to‘lanadigan davlat bojining miqdori va er-xotindan qaysi biri qancha 
miqdorda to'lashi sudning qarorida ko‘rsatiladi.
3. 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar tomonidan familiya, 
ism, ota ism o‘zgartirilganligi uchun — eng kam oylik ish haqining 
50% miqdorida;
18 yoshdan katta fuqarolar tomonidan o‘zgartirilsa — eng kam oylik 
ish haqining 100% miqdorida;
28
www.ziyouz.com kutubxonasi


4. dalolatnoma yozuvlariga o ‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar 
kiritilganligi hamda dalolatnoma yozuvi tiklanganligi munosabati bilan 
guvohnomalar berilgani uchun — eng kam oylik ish haqining 10% 
miqdorida;
5. takroriy guvohnomalar berilgani uchun — eng kam oylik ish 
haqining 15% miqdorida undiriladi.

Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə