Fuqarolik holati dalolatn omalarini


I bo‘lim. UMUMIY QOIDALAR



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/62
tarix05.10.2023
ölçüsü2,69 Mb.
#125441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
I bo‘lim. UMUMIY QOIDALAR
1-mavzu. FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI QAYD
-
ETISH TUSH UNC H A SI VA AHAMIYATI
£lnson hayotidagi tug‘ilish, o‘lim, nikoh tuzish, nikohdan ajralish, 
otalikni belgilash, farzandlikka olish, familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish 
kabi holatlar yuridik aham iyatga ega b o ‘lib, fuqarolik holati 
dalolatnomalari deb ataladi. Fuqarolik holati shaxsning huquqiy 
maqomini belgilaydi. Fuqarolik holati deganda fuqaroning huquq 
layoqati, muomala layoqati, fuqaroligi, unga ma'lum familiya, ism, 
ota ismining tegishliligi, shuningdek uning oilaviy ahvoli (turmush 
qurganligi, bo‘ydoqligi, beva yoki tul ekanligi) tushuniladi^Fuqaroning 
shaxsiy hayotidagi va uning jamiyatdagi huquqiy holatini belgilash, 
uning fuqarolik va oilaviy huquqiy munosabatlarning subyekti sifatida 
tan olinishi uchun bu faktlar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish 
(FHDYo) davlat organlarida qayd etiladi.
Fuqarolik holati dalolatnomalarining FHDYo organlarida qayd 
etilishi faqat manfaatdor shaxs uchun emas, balki uning oila a'zolari 
uchun ham ahamiyatli bo‘lib, fuqarolarning, jam iyat va davlat 
manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladiy
Fuqaroning tug‘ilish faktini qayd etish mazkur fuqaroga nisbatan 
huquq layoqatining vujudga kelganligini, uning ma’lum ota-onadan 
tug‘ilganligini, fuqaroning to'liq muomala layoqatiga ega boMganligini, 
nikoh yoshini, harbiy xizmatga chaqirilish yoshini, jinoiy javobgarlikka 
tortilish yoshini belgilash uchun zarur. Bundan tashqari, FHDYo 
organlari tomonidan tug'ilish faktlarining qayd etilishi bo‘yicha 
hisobotlari statistik ma'lumotlami belgilashda asosiy manba bo‘lib xizmat 
qiladi.
0 ‘lim faktining FHDYo organlarida qayd etilishi fuqaroning huquq 
layoqati bekor boMganligini tasdiqlaydi. FHDYo organlari tomonidan 
oMim haqida berilgan guvohnomaga asosan merosning ochilish fakti va 
vaqti aniqlanadi. Marhumning qaramog‘ida boMgan voyaga yetmagan 
mehnatga layoqatsiz shaxslarga nisbatan ijtimoiy ta’minot oiganlari 
tomonidan nafaqa tayinlanadi. Er-xotindan birining vafot etishi oqibatida 
nikoh tugagan hisoblanadi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 
223-moddasida belgilanishicha, oMim FHDYo organlarida qayd 
etilgandan keyingina marhum dafn etilishi mumkin.
Fuqarolik holati dalolatnomalari o‘zining huquqiy tabiati bilan yuridik 
fakt hisoblanganligi uchun u ma'lum huquq va majburiyatlarning vujudga 
kelishiga yoki bekor boMishiga sabab boMadi. 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Oila kodeksining 18-moddasiga asosan nikoh fuqarolik holati
4
www.ziyouz.com kutubxonasi


dalolatnomalarini qayd etish organlarida ro‘yxatga olingan paytdan 
boshlab nikohni tuzganlar er-xotin hisoblanadilar va shu paytdan 
e'tiboran ular o‘rtasida oila huquqi normalari bilan belgilangan shaxsiy 
hamda mulkiy huquq va majburiyatlar vujudga keladi.
0 ‘zbekiston Respublikasining oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga 
asosan nikohdan ajralish sud tartibida yoki FHDYo organlarida amalga 
oshiriladi. Er-xotin o‘rtasida mulkiy nizolar, voyaga yetmagan farzandlar 
bo‘lsa, er-xotindan birining nikohdan ajralish istagi bo‘lsa-yu, ikkinchisi 
rozi bo‘lmasa, nikohdan ajralish masalasi fuqarolik sudida hal qilinadi. 
Voyaga yetmagan bolalari bo'lmagan er-xotin ajralishga o‘zaro rozi 
boisalar va ular o‘rtasida mulkiy nizo boim asa, nikohdan FHDYo 
organlarida ajratiladi. N ikohdan ajralish belgilangan tartibda 
rasmiylashtirilgan vaqtdan boshlab er-xotin o ‘rtasidagi huquq va 
majburiyatlar tugagan hisoblanadi ( 0 ‘zbekiston Respublikasi Oila 
kodeksining 118-119-moddalarida nazarda tutilgan sobiq er-xotinning 
ta’minot olish huquqi nikoh munosabatlari tugagandan keyin ham 
saqlanib qolishi mumkin).
O talikni belgilash ota va bola o ‘rtasida m a'lum huquq va 
majburiyatlarni vujudga keltiradi. Otalikni belgilash ota-onasi o‘zaro 
nikohda bo‘lmagan bolalarga nisbatan ularning huquq va manfaatlarini 
himoya qilish maqsadida amalga oshiriladi. Tegishli tartibda otalik 
belgilangandan so‘ng ota-onasi o‘zaro nikohda bo'lmagan bola ota- 
ona va ularning qarindoshlariga nisbatan o ‘zaro nikohda bo‘lgan 
shaxslardan tug‘ilgan bolalar bilan teng huquq va majburiyatlarga ega 
bo‘ladi ( 0 ‘z.R. Oila kodeksining 64-moddasi).
‘■ fa rz an d lik k a
o lish
fa k tin in g
F H D Y o 
o rg a n la rid a
rasmiylashtirilishiping ahamiyati shundaki, farzandlikka olingan bola 
bilan farzandlikka oluvchilar o ‘rtasidagi huquq va majburiyatlar 
farzandlikka olingan bolaning tug‘ilishi to ‘g‘risidagi dalolatnoma 
yozuviga tuman (shahar) hokimining qaroriga asosan zarur o‘zgartirishlar 
kiritilgan^kundan boshlab vujudga keladi, ya’ni shu vaqtdan boshlab 
farzandlikka olingan bola barcha shaxsiy va mulkiy huquqlarda 
farzandlikka oluvchilarning o‘z bolalariga tenglashtiriladi ( 0 ‘Z.R.Oila 
kodeksi 165, 167-m.m.).
Fuqaro o‘z familiyasi va nomidan, shuningdek otasining ismi bilan 
huquq va burchlarga ega bo'ladi hamda ularni amalga oshiradi 
( 0 ‘z.R.ning Fuqarolik kodeksi 19-m.). Fuqaroning familiya, ism, ota 
ismi tug‘ilgan vaqtda berilib odatda umrining oxirigacha o'zgarmaydi. 
Uzrli sabablar bo‘lgan hollarda fuqarolik va oila to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlariga asosan fuqarolar familiyasini, ismini yoki ota ismini 
o ‘zgartirishlariga yo‘l quyiladi. Familiya, ism, ota ismini o'zgartirish
5
www.ziyouz.com kutubxonasi


bu yuridik akt bo‘lib, uning natijasida fuqaroning xohishiga ko‘ra unga 
yangi familiya, ism, ota ismi beriladi. Bir vaqtning o ‘zida fuqaroning 
ham familiya, ham ism, ham ota ismi o‘zgartirilishi mumkin. Bu hollarda 
FHDYo oiganlari familiya, ism, ota ismini o‘zgartirgan fuqaroga tegishli 
bo'lgan barcha dalolatnoma yozuvlarini, jumladan tug'ilish to‘g‘risidagi, 
agar fuqaro nikoh tuzgan bo‘lsa, nikoh tuzish to ‘g‘risidagi, voyaga 
yetmagan farzandlarning tug'ilishi to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvlariga 
tegishli o‘zgartirishlami kiritadi. Fuqaroning o ‘z ismi, familiyasini 
o‘zgartirishi awalgi ismi bilan olgan huquq va burchlarini bekor qilish 
yoki o‘zgartirish uchun asos bo'lmaydi.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish davlat boshqaruvi 
faoliyatining bir qismini tashkil etadi. Shu bilan birga FHDYo 
oiganlarining faoliyati o ‘ziga xos shakl va uslubga ega. Boshqaruv 
faoliyatining bir qismi sifatida FHDYo organlarining ishi davlat 
boshqaruvining konstitutsion tamoyillariga va maxsus tamoyillarga 
asoslanadi.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishning asosiy tamoyillariga 
quyidagilar kiradi:
1) Qonun ustuvorligi.
2) Fuqarolik holati dalolatnomalarini o‘z vaqtida va to'liq qayd 
etish.
3) Fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish.
4) Asoslanganlik (obyektiv haqiqat).
5) Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishda sir saqlashning 
ta'minlanishi.
6) FHDYo organlarida davlat tilida ish yuritilishi.
Har bir tamoyil ustida qisqacha to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, FHDYo 
organlari o ‘z faoliyatlarida amaldagi qonunchilikka rioya qilishlari, 
xususan 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Oila kodeksi, 0 ‘zbekiston Respublikasi FHDYo organlari 
haqida Nizom va FHDYo oiganlari faoliyatiga taalluqli bo‘lgan boshqa 
me’yoriy hujjatlarga asoslanishlari lozim. Shu bilan birga FHDYo 
organlariga murojaat qilgan fuqarolardan ham qonunchilikka amal 
qilishni talab etishlari, fuqarolarning qonunga zid bo‘lgan talablarini 
bajarishdan bosh tortishlari kerak.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini o ‘z vaqtida va to‘liq qayd etish 
fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim 
ahamiyatga ega. Masalan, tug‘ilganlik fakti yoki otalikni belgilash o‘z 
vaqtida amalga oshirilmasa, bolaning manfaatlariga zararyetadi. 0 ‘lim 
uz vaqtida qayd etilmagan hollarda merosning ochilish vaqtini aniqlash, 
vafot etgan shaxs majburiyatlarining tugaganligi yoki boshqa shaxsga
6
www.ziyouz.com kutubxonasi


0 ‘tganligini belgilash im koni qiyinlashadi. F u q aro lik holati 
dalolatnom alarini to ‘liq qayd etish deganda FH D Y o organlari 
tom onidan o ‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan hududdagi aholi barcha 
qatlamlarining fuqarolik holati dalolatnom alarini hisobga olish 
tushuniladi.
t^Fuqarolaming huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish'FHDYo 
organlarining asosiy vazifasi'hisoblanadi. Oilani himoya qilishning 
k o n stitu tsio n ta m o y illa ri ona va bola m a n fa a tla rin i, oilan i 
mustahkamlashni ta'm inlovchi Oila kodeksida, fuqarolik holati 
dalolatnomalarini qayd etish tartibi to ‘g‘risidagi boshqa normativ 
hujjatlarda o ‘z aksini topadi7]Agar FHDYo organlari xodimlari 
farzandlikka olish to‘g‘risida tuman (shahar) hokimining qarori asosida 
farzandlikka olingan bolaning tug‘ilish to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuviga 
zarur o'zgartirishlarni kiritmasalar va shu asosda tug‘ilish to‘g‘risida 
yangi guvohnoma bermasalar, oqibat natijada bolaning manfaatlariga 
zarar yetadi. FHDYo organlarining asosiy maqsadi fuqarolarning huquq 
va manfaatlarini himoya qilish ekan, ular o'zlariga yuklatilgan vazifalami 
og‘ishmay bajarishlari lozim.
Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlari va FHDYo organlari 
tomonidan beriladigan hujjatlar ular qayd qilgan faktlar bo‘yicha asosiy 
dalil hisoblanadi. Shuning uchun ham dalolatnoma yozuvlari va 
guvohnomalarda yuridik faktlar va fuqarolarning shaxsi bo‘yicha to‘g‘ri 
m a’lum otlar aks ettirilishi hamda dalolatnoma yozuvlari tegishli 
hujjatlarga asoslanib yozilishi kerak. Og‘zaki maMumotlar, faktlar aniq 
aks ettirilmagan hujj'atlar yoki izoh berilmasdan o‘chirib tuzatilgan 
hujjatlar asosida fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish mumkin 
emas.
Fuqarolik holati dalolatnomalari insonning shaxsi va uning hayoti 
bilan bogMiq. Shuning uchun fuqarolik holatlarini qayd etishda sir saqlash 
tamoyiliga rioya qilish muhimdir. FHDYo organlari fuqarolik holatlari 
bo‘yicha hujjatlar kimga nisbcjjan tuzilgan b o ‘lsa bu to ‘g ‘ridagi 
maMumotlarni, hujjatlardan ko‘chirmalarni, guvohnomalami faqat shu 
shaxslarga yoki ulam ing qonuniy vakillariga berishlari mumkin. 
Dalolatnoma yozuvlarining nusxalari hokimiyatlar, notarial idoralar
sud, prokuratura, ichki ishlar organlarining yozma talabnomalari bilan 
berilishi mumkin.
0 ‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi qonunining yangi 
tahriri (1995-yil 25-dekabr) 13-moddasida ko‘rsatilishicha, fuqarolik 
holatini qayd etuvchi hujjatlar, shaxsning kim ekanligi va uning 
huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar davlat tilida rasmiylashtiriladi. 
Zaruriyatga qarab, boshqa tilda tarjimasi takrorlanishi murrfkin.
7
www.ziyouz.com kutubxonasi


Qoraqalpog'iston Respublikasida ish yuritish qoraqalpoq va o‘zbek 
tillarida amalga oshiriladi. FHDYo organlarining Mustaqil Davlatlar 
Hamdo‘stligi Respublikalari bilan yozishmalari rus tilida olib boriladi. 
Davlat tilini bilmaydigan fuqarolar tarjimon xizmatidan foydalanish 
huquqiga ega.

Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə