I bo‘lim. UMUMIY QOIDALAR
1-mavzu. FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI QAYD
-
ETISH TUSH UNC H A SI VA AHAMIYATI
£lnson hayotidagi tug‘ilish, o‘lim, nikoh tuzish, nikohdan ajralish,
otalikni belgilash, farzandlikka olish, familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish
kabi holatlar yuridik aham iyatga ega b o ‘lib, fuqarolik holati
dalolatnomalari deb ataladi. Fuqarolik holati shaxsning huquqiy
maqomini belgilaydi. Fuqarolik holati deganda fuqaroning huquq
layoqati, muomala layoqati, fuqaroligi, unga ma'lum familiya, ism,
ota ismining tegishliligi, shuningdek uning oilaviy ahvoli (turmush
qurganligi, bo‘ydoqligi, beva yoki tul ekanligi) tushuniladi^Fuqaroning
shaxsiy hayotidagi va uning jamiyatdagi huquqiy holatini belgilash,
uning fuqarolik va oilaviy huquqiy munosabatlarning subyekti sifatida
tan olinishi uchun bu faktlar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish
(FHDYo) davlat organlarida qayd etiladi.
Fuqarolik holati dalolatnomalarining FHDYo organlarida qayd
etilishi faqat manfaatdor shaxs uchun emas, balki uning oila a'zolari
uchun ham ahamiyatli bo‘lib, fuqarolarning, jam iyat va davlat
manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladiy
Fuqaroning tug‘ilish faktini qayd etish mazkur fuqaroga nisbatan
huquq layoqatining vujudga kelganligini, uning ma’lum ota-onadan
tug‘ilganligini, fuqaroning to'liq muomala layoqatiga ega boMganligini,
nikoh yoshini, harbiy xizmatga chaqirilish yoshini, jinoiy javobgarlikka
tortilish yoshini belgilash uchun zarur. Bundan tashqari, FHDYo
organlari tomonidan tug'ilish faktlarining qayd etilishi bo‘yicha
hisobotlari statistik ma'lumotlami belgilashda asosiy manba bo‘lib xizmat
qiladi.
0 ‘lim faktining FHDYo organlarida qayd etilishi fuqaroning huquq
layoqati bekor boMganligini tasdiqlaydi. FHDYo organlari tomonidan
oMim haqida berilgan guvohnomaga asosan merosning ochilish fakti va
vaqti aniqlanadi. Marhumning qaramog‘ida boMgan voyaga yetmagan
mehnatga layoqatsiz shaxslarga nisbatan ijtimoiy ta’minot oiganlari
tomonidan nafaqa tayinlanadi. Er-xotindan birining vafot etishi oqibatida
nikoh tugagan hisoblanadi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining
223-moddasida belgilanishicha, oMim FHDYo organlarida qayd
etilgandan keyingina marhum dafn etilishi mumkin.
Fuqarolik holati dalolatnomalari o‘zining huquqiy tabiati bilan yuridik
fakt hisoblanganligi uchun u ma'lum huquq va majburiyatlarning vujudga
kelishiga yoki bekor boMishiga sabab boMadi. 0 ‘zbekiston Respublikasi
Oila kodeksining 18-moddasiga asosan nikoh fuqarolik holati
4
www.ziyouz.com kutubxonasi
dalolatnomalarini qayd etish organlarida ro‘yxatga olingan paytdan
boshlab nikohni tuzganlar er-xotin hisoblanadilar va shu paytdan
e'tiboran ular o‘rtasida oila huquqi normalari bilan belgilangan shaxsiy
hamda mulkiy huquq va majburiyatlar vujudga keladi.
0 ‘zbekiston Respublikasining oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga
asosan nikohdan ajralish sud tartibida yoki FHDYo organlarida amalga
oshiriladi. Er-xotin o‘rtasida mulkiy nizolar, voyaga yetmagan farzandlar
bo‘lsa, er-xotindan birining nikohdan ajralish istagi bo‘lsa-yu, ikkinchisi
rozi bo‘lmasa, nikohdan ajralish masalasi fuqarolik sudida hal qilinadi.
Voyaga yetmagan bolalari bo'lmagan er-xotin ajralishga o‘zaro rozi
boisalar va ular o‘rtasida mulkiy nizo boim asa, nikohdan FHDYo
organlarida ajratiladi. N ikohdan ajralish belgilangan tartibda
rasmiylashtirilgan vaqtdan boshlab er-xotin o ‘rtasidagi huquq va
majburiyatlar tugagan hisoblanadi ( 0 ‘zbekiston Respublikasi Oila
kodeksining 118-119-moddalarida nazarda tutilgan sobiq er-xotinning
ta’minot olish huquqi nikoh munosabatlari tugagandan keyin ham
saqlanib qolishi mumkin).
O talikni belgilash ota va bola o ‘rtasida m a'lum huquq va
majburiyatlarni vujudga keltiradi. Otalikni belgilash ota-onasi o‘zaro
nikohda bo‘lmagan bolalarga nisbatan ularning huquq va manfaatlarini
himoya qilish maqsadida amalga oshiriladi. Tegishli tartibda otalik
belgilangandan so‘ng ota-onasi o‘zaro nikohda bo'lmagan bola ota-
ona va ularning qarindoshlariga nisbatan o ‘zaro nikohda bo‘lgan
shaxslardan tug‘ilgan bolalar bilan teng huquq va majburiyatlarga ega
bo‘ladi ( 0 ‘z.R. Oila kodeksining 64-moddasi).
‘■ fa rz an d lik k a
o lish
fa k tin in g
F H D Y o
o rg a n la rid a
rasmiylashtirilishiping ahamiyati shundaki, farzandlikka olingan bola
bilan farzandlikka oluvchilar o ‘rtasidagi huquq va majburiyatlar
farzandlikka olingan bolaning tug‘ilishi to ‘g‘risidagi dalolatnoma
yozuviga tuman (shahar) hokimining qaroriga asosan zarur o‘zgartirishlar
kiritilgan^kundan boshlab vujudga keladi, ya’ni shu vaqtdan boshlab
farzandlikka olingan bola barcha shaxsiy va mulkiy huquqlarda
farzandlikka oluvchilarning o‘z bolalariga tenglashtiriladi ( 0 ‘Z.R.Oila
kodeksi 165, 167-m.m.).
Fuqaro o‘z familiyasi va nomidan, shuningdek otasining ismi bilan
huquq va burchlarga ega bo'ladi hamda ularni amalga oshiradi
( 0 ‘z.R.ning Fuqarolik kodeksi 19-m.). Fuqaroning familiya, ism, ota
ismi tug‘ilgan vaqtda berilib odatda umrining oxirigacha o'zgarmaydi.
Uzrli sabablar bo‘lgan hollarda fuqarolik va oila to‘g‘risidagi qonun
hujjatlariga asosan fuqarolar familiyasini, ismini yoki ota ismini
o ‘zgartirishlariga yo‘l quyiladi. Familiya, ism, ota ismini o'zgartirish
5
www.ziyouz.com kutubxonasi
bu yuridik akt bo‘lib, uning natijasida fuqaroning xohishiga ko‘ra unga
yangi familiya, ism, ota ismi beriladi. Bir vaqtning o ‘zida fuqaroning
ham familiya, ham ism, ham ota ismi o‘zgartirilishi mumkin. Bu hollarda
FHDYo oiganlari familiya, ism, ota ismini o‘zgartirgan fuqaroga tegishli
bo'lgan barcha dalolatnoma yozuvlarini, jumladan tug'ilish to‘g‘risidagi,
agar fuqaro nikoh tuzgan bo‘lsa, nikoh tuzish to ‘g‘risidagi, voyaga
yetmagan farzandlarning tug'ilishi to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvlariga
tegishli o‘zgartirishlami kiritadi. Fuqaroning o ‘z ismi, familiyasini
o‘zgartirishi awalgi ismi bilan olgan huquq va burchlarini bekor qilish
yoki o‘zgartirish uchun asos bo'lmaydi.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish davlat boshqaruvi
faoliyatining bir qismini tashkil etadi. Shu bilan birga FHDYo
oiganlarining faoliyati o ‘ziga xos shakl va uslubga ega. Boshqaruv
faoliyatining bir qismi sifatida FHDYo organlarining ishi davlat
boshqaruvining konstitutsion tamoyillariga va maxsus tamoyillarga
asoslanadi.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishning asosiy tamoyillariga
quyidagilar kiradi:
1) Qonun ustuvorligi.
2) Fuqarolik holati dalolatnomalarini o‘z vaqtida va to'liq qayd
etish.
3) Fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish.
4) Asoslanganlik (obyektiv haqiqat).
5) Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishda sir saqlashning
ta'minlanishi.
6) FHDYo organlarida davlat tilida ish yuritilishi.
Har bir tamoyil ustida qisqacha to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, FHDYo
organlari o ‘z faoliyatlarida amaldagi qonunchilikka rioya qilishlari,
xususan 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 0 ‘zbekiston
Respublikasi Oila kodeksi, 0 ‘zbekiston Respublikasi FHDYo organlari
haqida Nizom va FHDYo oiganlari faoliyatiga taalluqli bo‘lgan boshqa
me’yoriy hujjatlarga asoslanishlari lozim. Shu bilan birga FHDYo
organlariga murojaat qilgan fuqarolardan ham qonunchilikka amal
qilishni talab etishlari, fuqarolarning qonunga zid bo‘lgan talablarini
bajarishdan bosh tortishlari kerak.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini o ‘z vaqtida va to‘liq qayd etish
fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim
ahamiyatga ega. Masalan, tug‘ilganlik fakti yoki otalikni belgilash o‘z
vaqtida amalga oshirilmasa, bolaning manfaatlariga zararyetadi. 0 ‘lim
uz vaqtida qayd etilmagan hollarda merosning ochilish vaqtini aniqlash,
vafot etgan shaxs majburiyatlarining tugaganligi yoki boshqa shaxsga
6
www.ziyouz.com kutubxonasi
0 ‘tganligini belgilash im koni qiyinlashadi. F u q aro lik holati
dalolatnom alarini to ‘liq qayd etish deganda FH D Y o organlari
tom onidan o ‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan hududdagi aholi barcha
qatlamlarining fuqarolik holati dalolatnom alarini hisobga olish
tushuniladi.
t^Fuqarolaming huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish'FHDYo
organlarining asosiy vazifasi'hisoblanadi. Oilani himoya qilishning
k o n stitu tsio n ta m o y illa ri ona va bola m a n fa a tla rin i, oilan i
mustahkamlashni ta'm inlovchi Oila kodeksida, fuqarolik holati
dalolatnomalarini qayd etish tartibi to ‘g‘risidagi boshqa normativ
hujjatlarda o ‘z aksini topadi7]Agar FHDYo organlari xodimlari
farzandlikka olish to‘g‘risida tuman (shahar) hokimining qarori asosida
farzandlikka olingan bolaning tug‘ilish to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuviga
zarur o'zgartirishlarni kiritmasalar va shu asosda tug‘ilish to‘g‘risida
yangi guvohnoma bermasalar, oqibat natijada bolaning manfaatlariga
zarar yetadi. FHDYo organlarining asosiy maqsadi fuqarolarning huquq
va manfaatlarini himoya qilish ekan, ular o'zlariga yuklatilgan vazifalami
og‘ishmay bajarishlari lozim.
Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlari va FHDYo organlari
tomonidan beriladigan hujjatlar ular qayd qilgan faktlar bo‘yicha asosiy
dalil hisoblanadi. Shuning uchun ham dalolatnoma yozuvlari va
guvohnomalarda yuridik faktlar va fuqarolarning shaxsi bo‘yicha to‘g‘ri
m a’lum otlar aks ettirilishi hamda dalolatnoma yozuvlari tegishli
hujjatlarga asoslanib yozilishi kerak. Og‘zaki maMumotlar, faktlar aniq
aks ettirilmagan hujj'atlar yoki izoh berilmasdan o‘chirib tuzatilgan
hujjatlar asosida fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish mumkin
emas.
Fuqarolik holati dalolatnomalari insonning shaxsi va uning hayoti
bilan bogMiq. Shuning uchun fuqarolik holatlarini qayd etishda sir saqlash
tamoyiliga rioya qilish muhimdir. FHDYo organlari fuqarolik holatlari
bo‘yicha hujjatlar kimga nisbcjjan tuzilgan b o ‘lsa bu to ‘g ‘ridagi
maMumotlarni, hujjatlardan ko‘chirmalarni, guvohnomalami faqat shu
shaxslarga yoki ulam ing qonuniy vakillariga berishlari mumkin.
Dalolatnoma yozuvlarining nusxalari hokimiyatlar, notarial idoralar,
sud, prokuratura, ichki ishlar organlarining yozma talabnomalari bilan
berilishi mumkin.
0 ‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi qonunining yangi
tahriri (1995-yil 25-dekabr) 13-moddasida ko‘rsatilishicha, fuqarolik
holatini qayd etuvchi hujjatlar, shaxsning kim ekanligi va uning
huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar davlat tilida rasmiylashtiriladi.
Zaruriyatga qarab, boshqa tilda tarjimasi takrorlanishi murrfkin.
7
www.ziyouz.com kutubxonasi
Qoraqalpog'iston Respublikasida ish yuritish qoraqalpoq va o‘zbek
tillarida amalga oshiriladi. FHDYo organlarining Mustaqil Davlatlar
Hamdo‘stligi Respublikalari bilan yozishmalari rus tilida olib boriladi.
Davlat tilini bilmaydigan fuqarolar tarjimon xizmatidan foydalanish
huquqiga ega.
Dostları ilə paylaş: |