Fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar


O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati. Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar



Yüklə 10,95 Kb.
səhifə2/4
tarix30.12.2023
ölçüsü10,95 Kb.
#167865
1   2   3   4
6-mavzu (4)

O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati. Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar
  • Siyosiy partiya – bu qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini ro‘yobga chiqarishga intiluvchi hamda o‘z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi fuqarolarning ko‘ngilli birlashmasidir.
  • Partiya so‘zi lotincha “partio” so‘zidan olingan bo‘lib, “bo‘lak, bo‘laman, ajrataman”degan maʼnoni anglatadi, yaʼni butunning bir bo‘lagi, jamiyatning bir bo‘lagi degan tushunchalarni beradi.
  • O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (O‘zXDP) – 1991-yilda O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng tashkil qilingan birinchi siyosiy partiya. Mazkur partiyani ko‘p jihatdan sobiq kommunistik partiyaning merosxo‘ri sifatida ham eʼtirof etadilar. O‘zXDP 1991-yil 1-noyabrda rasman ro‘yxatga olingan. Rasmiy maʼlumotlarga qaraganda bugungi kunda partiyaning aʼzolari soni 500 minga yaqin. Joylarda partiyaning 11 mingdan ortiq boshlang‘ich partiya tashkilotlari faoliyat olib boradi. O‘zXDP markaziy kengashi raisi – Ulug‘bek Inoyatovdir.
  • “Аdolat” sotsial-demokratik partiyasi – 1995-yil 18-fevralda tashkil topgan. Bugungi kunda 400 ming aʼzosi bor. Respublika hududlarida 5 minga yaqin boshlang‘ich partiya tashkilotlariga ega. Partiya siyosiy kengashining raisi – Bahrom Аbdurahmonov. Matbuot organi – “Аdolat” ijtimoiy-siyosiy gazetasi. Partiya ustavida belgilangan asosiy maqsadi – huquqiy-demokratik davlat, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan kuchli adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish hamda O‘zbekiston hududida yashayotgan barcha millat va elatlarning umumiy manfaatlariga mos keladigan, fuqarolarning qonun oldida tengligi, birdamligi, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari taʼminlangan maʼnaviy jipslashgan jamiyatni shakllantirishda faol ishtirok etish deya belgilangan
  • .
  • 2003-yilning 15-noyabrida tuzilgan. Partiya o‘zining asosiy maqsadi sifatida – tadbirkorlar, ishbilarmonlar va fermerlarning yanada kengroq faoliyat yuritishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratish. O‘zLidepning aʼzolari soni 700 ming nafarni tashkil etadi. Partiya siyosiy kengashi raisi – Аktam Xaitov.
  • 2018-yildan siyosiy partiya sifatida ro‘yxatdan o‘tib, 2019-yildagi ilk saylovlarda ishtirok etdi. Uning markaziy kengash raisi – Narzulla Oblomurodovdir. Partiya toza ekologik muhit yaratish, tabiatni asrash va uning sofligini taʼminlashni maqsad qiladi.
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə