dastlabki) qism; afferent qism (taassurotlarni markazga olib boruvchi); markaz
(javob reaksiyasi ishlab chiqariladigan) qism; efferent (javob
reaksiyasini
o4tkazadigan) qism va nihoyat effektor (ishchi organ). Reflektor yoy bo'ylab
taassurotning o‘tishi bir tomonlama, ya’ni retseptordan effektorga qarab boradi.
Retseptorlar
- odam va hayvonlarda har xil ichki va tashqi taassurotlarni
qabul qilishga moslashgan sezuvchi yuza. Ular har qanday taassurotni nerv
sistemasiga ma’lum axborot shaklida o4kazadi.
Har bir taassurotni qabul
qiladigan o4z retseptorlari bor.
Masalan, tovush to4lqinlarini ichki quloqdagi maxsus sezuvchi nerv uchlari
qabul qilsa, yorug4lik nurini ko'zning to 4r qavati qabul qiladi va hokazo.
Retseptorlar joylashgan joyiga ko 4ra tashqi (ekstroretseptorlar), ichki
(interoretseptorlar)ga bo‘linadi. Qabul qiladigan
taassurot turiga qarab esa
retseptorlar mexanoretseptorlarga, xemoretseptorlarga, fotoretseptorlarga va
boshqalarga bo‘linadi.
Tiroksin
- qalqonsimon bezning asosiy gormoni. Moddalar almashinuviga
kuchli ta ’sir qiladi. Uning organizmda yetishmasligi va me’yoridan ziyod
bo'lishi og4ir xastaliklarga (miksedema, Bazedov kasalligi) olib keladi.
Tormozlanish -
asosiy
nerv jarayonidan biri, to ‘qimada qo4zg4alish
siljishining to 4xtashi bilan xarakterlanadi. Tormozlanish asosan ikki guruhga,
ya ’ni chetki (periferik) va markaziy tormozlanishga bo 4linadi. I.P. Pavlov shartli
reflektor faoliyat nazariyasini yaratish bilan
Dostları ilə paylaş: