ob’ektiv
fiziologik usulni, ya’ni shartli reflekslar usulini yaratdi. Shartli
reflekslar usulida bosh miyaning funksiyalari sog'lom hay von yoki bolada,
katta odam da o'rganiladi. Tekshiriluvchi odamga shartli ta ’sirlovchi
(tovush yoki yorugiik) berilib, so'ng shartsiz ta ’sirlovchi (ovqat yoki
kuchsiz elektr toki, yoki terisiga og'riq hosil qiluvchi birorta narsa bilan)
ta ’sir qilinadi. Organizmga shartli ta ’sirlovchi bilan shartsiz ta ’sirlovchi
bir necha m arta ta ’sir ettirilsa, shu odamning bosh miyasida ikkita markaz
o'rtasida vaqtinchalik nerv bog'lanishi vujudga keladi.
Bosh miya bio to klarini yozib olish
usulida tekshiriluvchi bosh
miyasiga elektroentsefalograf bilan tutashtirilgan elektrodlar o'rnatiladi.
Bosh miya biotoklari nihoyatda kuchsiz bo'lib (- 200 mkv gacha) o'rtacha
40-50 mkv keladigan biotoklar mahsus asboblarda 100 000, b a’zida 10
mln marta orttirib yozib olinadi. Biotoklarni yozib olishda tekshiriluvchi
turli tovush, tashqi ta ’sir o'tm aydigan maxsus kameraga yotqiziladi.
Olingan elektroentsefalogramma maxsus elektron asbob - analizator
hisoblash mashinalarida analiz qilinadi. Bu usulga elektroentsefalografiya
usuli deyiladi. Elektr bilan ta ’sir etish usulida bosh miya po'stlog'ining
turli nuqtalari elektr bilan ta ’sirlanadi. Bu usul juda ko'p natija beradi.
Kimyoviy t a ’sir etish usulida bosh miya yarim sharlari p o 's tlo g 'i
funksiyasini o'rganish uchun b a’zi bir kimyoviy moddalardan (jumladan
strixnin) foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: