G. M. Tansikbayeva, V. A


O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 45-modda



Yüklə 2,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/260
tarix12.05.2022
ölçüsü2,73 Mb.
#86830
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   260
G. M. Tansikbayeva, V. A

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 45-modda.
Asosiy qonun belgilaydi
Asosiy qonun belgilaydi


77
2. INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARI KAFOLATLARI
Demokratik davlatda inson huquqlarini himoya qilishning ishonchli 
mexanizmi zarur. Bunday mexanizm huquqlarning ro‘yobga chiqarilishi us-
tidan nazorat 
(monitoring)
 qilinishini amalga oshiradi.
Bunday mexanizm mamlakatimizda ham mavjud. U nafaqat davlat or-
ganlari orqali, balki shunday jamoat birlashmalari orqali, masalan, kasaba 
uyushmalari, advokaturalar va huquqni himoya qilish tashkilotlari orqali 
ham ifoda etilgan.
Himoya tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
   – odil sudlovni amalga oshiruvchi sud organlari;
– qonunlar aniq-raso ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshi ruvchi 
hamda inson erkinliklari va huquqlarini himoya qiluv 
chi prokuratura 
organla ri;
– huquq-tartibotni ta’minlash va fuqarolar huquqlarini muhofaza qilish 
bo‘yicha majburiyatlarni bajaruvchi Ichki ishlar vazirligi organlari;
– fuqarolarga ularning huquqlari himoyasida yuridik yordam ko‘rsa-
tuvchi advokatura;
– huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar va kasaba uyushmalari.
Huquqiy davlatda inson huquqlariga rioya etilishini kafolatlovchi 
ko‘pgina usullar mavjud bo‘ladi. Ular orasida alohida o‘rin sud himoya-
siga tegishlidir. Bu himoya shaklidan har bir odam foydalanishi mumkin. 
Buning uchun sudga sud muhokamasi uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi 
ariza bilan murojaat qilish kifoyadir.
Huquqiy davlatda sud mustaqil odil sudlov organi bo‘lgani tufayli har 
qanday bahsli ishni hal qiluvchi sudya faqat qonunga bo‘ysunadi.
Sudya konkret ishlarni hal qilayotganda xolis bo‘lishi, ya’ni o‘zining 
shaxsiy simpatiya va antipatiyasidan baland turishi, poraga sotilmasligi 
lozim. Hech kim, hattoki, hokimiyat va oliy boshqaruv organlari ham sud 
faoliyatiga ara lashishga haqli emas.

Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   260




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə