G. M. Tansikbayeva, V. A



Yüklə 2,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/260
tarix12.05.2022
ölçüsü2,73 Mb.
#86830
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   260
G. M. Tansikbayeva, V. A

Sog‘lom avlod uchun”
 ordeni 
ta’sis etildi.
Onalik va bolalikni muhofaza qilishda, sog‘lom avlod kamol topishi 
uchun moddiy shart-sharoitlar va ma’naviy muhitni ta’minlashda alohida 
xizmatlar ko‘rsatgan shaxslar “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan taqdir-
lanadilar.
3. NIKOH TUZISH SHARTLARI
Nikoh tuzish uchun kuyov va kelinning ixtiyoriy roziligi zarur, shu-
ningdek, ular muayyan yoshga to‘lgan bo‘lishi shart (qizlar – 17 yoshdan, 
yigit lar – 18 yoshdan).
Ixtiyoriy rozilik nikoh tuzish masalasi hal etilayotganda uchinchi shaxs-
larning taz 
yiqi bo‘lmasligi kerakligini anglatadi. Uchinchi shaxslar, shu 
jumladan, ota-onalar tomonidan nikohlanishga to‘sqinlik jinoiy jazolanadi-
gan harakatga aylanishi mumkin. Qarindosh-urug‘lar maslahatlar berishlari, 
nikoh to‘yiga tayyorlanishga yordam ko‘rsatishlari, moddiy va ma’naviy 
jihatdan qo‘llab-quvvatlashlari mumkin.


102
Sizningcha, nikoh tuzish yoshi nega qizlar uchun 17 yoshdan, yigitlar uchun esa 
18 yoshdan belgilangan? O‘z javobingizni asoslab bering.
Muqaddam qayd etilgan nikoh, nikoh tuzish taqiqlanishi shartlaridan 
biri hisoblanadi. Qonunga muvofi q sog‘lom va ruhiy kasal yoki aqlan zaif 
kishi o‘rtasidagi hamda qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi nikohlar haqiqiy 
emas deb hisoblanadi.
Er-xotinlar, shuningdek, o‘zlarining voyaga yetmagan bolalari tarbiyasi 
uchun, ular ning ishlari va qilmishlari uchun javobgar bo‘ladilar.
O‘z navbatida farzandlar ham o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilish-
lari, ularga yordam berishlari, qo‘llab-quvvatlashlari lozim. Balog‘at yoshiga 
qadar bu majburiyat ma’naviy tavsifda bo‘lib, ular 18 yoshga to‘lganlaridan 
keyin esa yuridik kuch kasb etadi.
Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida 
g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar.

Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   260




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə