G. M. Tansikbayeva, V. A



Yüklə 2,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/260
tarix12.05.2022
ölçüsü2,73 Mb.
#86830
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   260
G. M. Tansikbayeva, V. A

Davlat tuzilishi shakli
 – hokimiyatlarning markaziy hokimiyat bi-
lan o‘zaro muno sabatlarini belgilab beruvchi siyosiy va hududiy jihatdan 
tashkil etilishidir.
Davlat tuzilishi shakli quyidagilarni namoyon etadi:
– davlat hududi necha qismga va qay tarzda bo‘linganligini;
– mahalliy va markaziy hokimiyat organlari o‘rtasidagi munosabatlar 
qay tarzda amalga oshirilishini;
– ayni shu davlat hududida yashab turgan har bir millatning manfaat-
lari qay tariqa muhofazalanishini.
Jahondagi aksariyat mamlakatlar davlat tuzilishining 
unitar 
shakliga 
egadir. Bu holda davlat hududi ma’muriy hududlarga (viloyatlar, tumanlar 


106
va hokazolarga), ya’ni davlatchilikka ega emas, balki boshqaruv qulayligi 
uchun mavjud bo‘lgan qismlarga taqsimlanadi.
Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Norvegiya, Shvetsiya, Ispaniya, 
Portugaliya, Gretsiya, Yaponiya, Finlandiya, Misr, O‘zbekiston va 
boshqalar unitar davlatlar jumlasiga kiradi.
Unitar davlat
 – yagona davlat bo‘lib, uning alohida ma’muriy-
hududiy birliklari bir xildagi huquqlarga ega, butun davlat hududida 
yagona konstitutsiya, yagona hukumat va yagona qonun hujjatlari 
amal qiladi.
Davlat tuzilishining boshqa bir shakli 
federatsiyadir.
 Federatsiya 
subyektlari o‘z konstitutsiyasiga, o‘z oliy qonun chiqaruvchi, ijro etuv chi 
va sud organlariga ega bo‘ladi. Butun federatsiya uchun yagona hokimi-
yat va boshqaruv oliy organlari tashkil etiladi. Binobarin, AQSH, Kanada, 
Braziliya, Meksika, Avstriya, Belgiya, Shveysariya, Pokiston, Argentina, 
Rossiya va boshqalar federativ davlatdir.
Davlat tuzilishining yana bir shakli – 
konfederatsiya
 shakli ham 
mavjuddir. Bunday birlashuvda har qaysi davlat o‘z suverenitetini, o‘z 
mustaqilligini saqlab qoladi. Konfederatsiyada yagona hudud, yagona 
fuqarolik bo‘lmaydi, har bir davlat xalqaro aloqalarni mustaqil o‘rnatadi. 
Keyingi paytlarda Yevropa Ittifoqi konfederativ birlashuvga misol bo‘la 
oladi.

Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   260




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə