117
15) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbe-
kiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ko‘rib chiqish va tasdiqlash,
shuningdek mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari
yuzasidan Bosh vazirning hisobotlarini eshitish va muhokama qilish;
16) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha
vakili va uning o‘rinbosarini saylash;
17) O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini ko‘rib
chiqish;
18) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga
hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzil-
gan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda urush holati
e’lon qilish to‘g‘risidagi farmonini tasdiqlash;
19) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman sa-
farbarlik qilish, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish
yoki tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash;
20) xalqaro shartnomalarni ratifi katsiya va denonsatsiya qilish;
21) parlament nazoratini va ushbu Konstitutsiyada nazarda tutilgan
boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Palatalarning birgalikdagi vakolatlariga kiradigan masalalar, qoida
tariqasida, avval O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik
palatasida, so‘ngra Senatida ko‘rib chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: