119
10) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnis-
tiya to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish;
11) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining
taqdimiga binoan
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosini daxlsizlik huqu-
qidan mahrum etish to‘g‘risidagi masalalarni hal etish;
12) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, O‘zbekiston
Respub-
likasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining, O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish;
13) o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan
bog‘liq masalalar yuzasidan
qarorlar qabul qilish;
14) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yu-
zasidan, shuningdek, davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan
qarorlar qabul qilish kiradi.
Dostları ilə paylaş: