O‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalariga talabgor nomzodlar o‘rtasida sinov imtihonlarini o‘tkazish to‘g‘risida



Yüklə 68 Kb.
səhifə1/3
tarix17.08.2023
ölçüsü68 Kb.
#120663
  1   2   3
Buruq stipendiya 2023-24




2023/2024 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalariga talabgor nomzodlar o‘rtasida sinov imtihonlarini o‘tkazish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktabrdagi “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 226-raqamli qarori bilan tasdiqlangan “Talabalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyalari va ularni tayinlash to‘g‘risida Nizom” va “Nomli davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi to‘g‘risida Nizom”ga muvofiq hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 17-iyuldagi 309-sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida




B U Y U R A M A N:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 17-iyuldagi 309-sonli buyrug‘i ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. 2023/2024 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor nomzodlar o‘rtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis) dan suhbat hamda O‘zbekiston tarixi fanidan test sinovi 1-ilovaga muvofiq belgilangan sanalarda o‘tkazilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlarni xorijiy tillar (ingliz, nemis) hamda O‘zbekiston tarixidan imtihon olish komissiyasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga nomzodlarni tayyorlash hamda sinov imtihonlarini xolis va shaffofligini ta’minlashga mas’ul etib Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i (A.Abduraxmonov) hamda komissiya a’zolari mas’ul etib belgilansin.
5. Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilish ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektr O‘.Xoliyorov zimmasiga yuklatilsin.


Asos: 2008 yil 13 oktabrdagi “Magistratura bosqichi talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari hamda ularni tayinlash tartibi to‘g‘risida” hamda “Bakalavriat bosqichi talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari hamda ularni tayinlash tartibi to‘g‘risida”Nizomlari



Yüklə 68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə