122
8) qonun Senat tomonidan rad etilgan yoki Prezident tomonidan qay-
tarilgan hollarda qonun bir oy ichida qayta ko‘rib chiqilishi kerak;
9) qonunning matbuotda e’lon qilinishi.
Qonunlarning ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi ularni
qo‘llashning majburiy shartidir. Qonunlar va Oliy Majlis qarorlari imzolan-
ganidan so‘ng bir haftadan kechiktirmasdan e’lon qilinishi lozim. Basharti,
qonunda boshqa sana ko‘rsatilmagan bo‘lsa, e’lon qilinishi bilan normativ
hujjat kuchga kiradi.
Tasavvur qiling, Siz Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylandingiz.
Kollej va litseylarda ta’lim oluvchilarni o‘qitish shartlari to‘g‘risidagi qonun loyi-
hasini taklif qiling.
Dostları ilə paylaş: