G. M. Tansikbayeva, V. A


Konstitutsiyaviy huquq asoslarini



Yüklə 2,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/260
tarix12.05.2022
ölçüsü2,73 Mb.
#86830
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   260
G. M. Tansikbayeva, V. A

Konstitutsiyaviy huquq asoslarini
 o‘rganishning muhimligi shundaki, 
bunda Siz o‘z huquq va manfaatlaringizni himoya qilish yo‘llari va vosita-
larini yaxshiroq bilib olasiz. Qonunchilik tushunchalaridan tashqari, inson 
xulqining axloqiy m
е
’yorlari, vijdon, sha’n, qadr-qimmat kabi tushunchalar 
ham mavjud. Insoniyat tomonidan e’tirof etilgan axloq me’yorlariga rioya 
qilib, qonun asosida ish ko‘rilsa, haqiqat qaror topishi mumkinligini ang-
laysiz. 
Siz qonunchilik yordamida har bir inson hayotida yuzaga k
е
lishi 
mumkin bo‘lgan ko‘pgina muammolarni hal etish mumkinligini bilib olasiz. 
Huquqiy ta’lim – bu huquqiy madaniyatning, ya’ni insonga huquq 
beradigan barcha ijobiy va qimmatli tomonlarni o‘zlashtirishning qo‘shimcha 
tarkibiy qismi, 
х
olos. Axloqiy fazilatlar va huquqiy bilimlar yig‘indisi yuqori 
darajadagi huquqiy madaniyat asosini tashkil etadi. L
е
kin sustkashlik bilan 
qonunga munosabatda bo‘lish jamiyatning rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Har bir kishi o‘zining va boshqalarning qonuniy haq-huquqlarini talab qila 
olishi, qonun buzilishiga yo‘l qo‘ymasligi k
е
rak. Aks holda qonunchilikka 
va huquqiy davlat qurish imkoniyatiga bo‘lgan ishonch susayadi.
Huquqshunoslik fanlari bo‘yicha olgan bilimlaringiz nafaqat k
е
lajakdagi, 
shuningd
е
k, bugungi kundagi muammolarni hal etishga ham yordam b
е
radi, 
deb umid qilamiz. 

Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   260




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə