G. M. Tansikbayeva, V. A



Yüklə 2,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə235/260
tarix12.05.2022
ölçüsü2,73 Mb.
#86830
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   260
G. M. Tansikbayeva, V. A

2. DAVLATNING MOLIYA TIZIMI
Davlatning moliya tizimi davlat pul mablag‘lari jamg‘armalarini yara-
tish, taqsimlash va foydalanishi uchun mavjud bo‘ladi. Moliya tizimiga 
mamlakatning moliya muassasalari – banklar, omonat kassalari va hokazo-
lar kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z moliya va pul-kredit tizimiga ega. 
O‘zbekistonning Davlat budjeti Respublika budjetidan, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan iborat.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 122-modda.
Davlatning moliyaviy-iqtisodiy faoliyati quyidagi yo‘nalishlarda 
amalga oshiriladi:
–  budjetni qabul qilish, ijro etish, uning ustidan nazorat qilish;
1-topshiriq
Asosiy qonun belgilaydi


174
– soliq yig‘ish;
– pul belgilarini chiqarish hamda moliya va iqtisodiyot sohasida tartib 
saqlash;
kreditlar, imtiyozlar va hokazolarni berish;  
– moddiy yordamga muhtoj fuqarolar (nogironlar, yetimlar va hokazo-
lar)ni ijtimoiy muhofaza qilish;
– madaniyat-ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalarini rivojlan-
tirishni qo‘llab-quvvatlash;
– atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilash;
– tashqi iqtisodiy faoliyat va xalqaro hamkorlik.
Moliya
 (fransuzcha “
fi nance
” – 
naqd, daromad
) – keng ma’noda: 
pul mablag‘lari, davlat pul mablag‘larining aylanishi.
O‘zingizni davlatning Moliya vaziri o‘rnida tasavvur qiling. Mamlakat asosiy 
mablag‘larini iqtisodiyotning qaysi tarmoqlariga sarfl agan bo‘lardingiz? Bunda ana 
shu mablag‘lardan muvaffaqiyatli foydalanishni ta’minlash uchun qanday qonunlar 
qabul qilinishini maslahat bergan bo‘lardingiz?

Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   260




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə