G. M. Tansikbayeva, V. A


KONSTITUTSIYAGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH SHARTLARI



Yüklə 2,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə243/260
tarix12.05.2022
ölçüsü2,73 Mb.
#86830
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   260
G. M. Tansikbayeva, V. A

2. KONSTITUTSIYAGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH SHARTLARI
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida uning tez-tez o‘zgar-
tirilishiga to‘sqinlik qiluvchi barqarorligini ta’minlash borasidagi bir 
2-topshiriq


181
qator muhofazakor choralar nazarda tutilgan. Ular Asosiy qonunning 
6-bo‘limida bayon etilgan bo‘lib, unda tuzatishlar kiritish tartibi va shartlari 
keltirilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiri-
tishga qonunga ko‘ra faqat buning uchun Oliy Majlis Qonunchilik palata-
si deputatlari va Senat a’zolari umumiy sonidan uchdan ikki qismi ovoz 
bergan taqdirda yoki O‘zbekiston Respublikasi referendumi davomidagina 
yo‘l qo‘yiladi. Qonunchilik organi tegishli taklif kiritilganidan keyin olti oy 
mobaynida Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar va tuzatishlar kiritish to‘g‘risida 
keng va har tomonlama muhokamani inobatga olgan holda qaror qabul qili-
shi mumkin.
Agar Oliy Majlis o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi taklifni rad etsa, u 
kamida bir yildan keyingina Oliy Majlis muhokamasiga qayta kiritilishi 
mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegishli taklif kiritilgandan keyin 
olti oy mobaynida Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar hamda tuzatishlar kiritish 
to‘g‘risida keng va har tarafl ama muhokamani hisobga olgan holda qonun 
qabul qilishi mumkin. Agar Oliy Majlis Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiri-
tish to‘g‘risidagi taklifni rad etsa, taklif bir yil o‘tgandan keyingina  qayta 
kiritilishi mumkin.

Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   260




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə