G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/117
tarix17.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#110891
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   117
@pp kitoblar qiyosiy ped

asosiy talablaridan biri
bu – bolalarda 
madaniy savodxonlikni shakllantirishdir. Maktablar afsuski, ta‘limda amalga 
oshirilishi ko`zda tutilgan barcha vazifalarni to`liq bajara olmaydi. Shuning uchun 
o`qituvchilar doimo ota – onalar va tashkilotlar yordamiga ehtiyoj sezishadi. Ular 
bilan hamkorlikda ish faoliyatini olib borishadi. Asosy maqsad o`quvchilarning 
bilim olib, savod chiqarishlari barobarida erkin demokratik jamiyatda yashashga 
o`rgatishga qaratiladi. Ta‘lim tizimi qonunchiligida asosan maktablar o`ziga xos 
yo`nalishlarga bo`linadi va ulardan o`quvchilarda avvalo, shaxsni rivojlantirish, 
ularning individual qobiliyatlarini hisobga olish talab etiladi. Shu bois maktablar 
o`quvchilarning o`z fikrini shakllantirish va erkin ayta olish, savodxonlik, tabiiy 
fanlarni o`rganishda fundamental imkoniyatlarni yaratish bu borada ta‘limda ilmiy 
metodlarni qo`llash, shuningdek, kommunikativ uslublar orqali tarbiyalashga 
alohida e‘tibor qaratadi. 
Italiyada maktablar 2 turga bo`linadi:
1)
scuoleparitarie
2)
scuole private autorizzate
Bulardan birinchisi 
scuoleparitarie
 
maktablari bo`lib, ular 2000 – yildan buyon 
davlat ta‘lim muassasasi sifatida bitiruvchilarga guvohnoma berib kelmoqda.
Ikkinchi turi esa
scuole private autorizzate
maktablaridir. Bunday 
maktablarning o`ziga xosligi shundaki, ularni ma‘lumotga ega bo`lmagan, 
shuningdek, yuridik shaxs bo`lmagan o`rta maktabni bitirgan fuqarolar boshqaradi. 
Bunday maktablar bitiruvchilarga sertifikat berish huquqiga ega emas. 
Shuningdek, Italiya ta‘lim tizimida
 
anchagina nom qozongan
 
xususiy ta‘lim 
muassasalari mavjud. Bular
Steynarian
maktablaridir. 2000 – yil 11 – sentabrda 
Italiya ta‘lim vazirligi qabul qilgan shartnomaga ko`ra, bu maktablarga faqat 
boshlang`ich sinflarni tashkil etish uchun ruxsat berilgan bo`lib, ularda Montessori 
metodi bo`yicha dars o`tiladi shu bois, bunday sinf rahbarlaridan maxsus 
Montessori didaktikasi differensial diplomiga ega bo`lish talab etiladi. 
Italiya maktablarida ko`p miqdorda o`qituvchilar uchun alohida darsliklar va 
yordamchi materiallar mavjud. Biroq o`qituvchilar o`zlari istagan boshqa 
darsliklardan foydalanishlari mumkin. Bu esa, natijalarning samarali bo`lishini 
ta‘minlaydi. Italiya maktabi ta‘lim tizimininig boshqa davlatlar ta‘lim tizimidan 
o`ziga xos farqli jihatlaridan biri shundaki, Italiya maktablarida 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə