|
G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova@pp kitoblar qiyosiy ped Milliy an’analar -
Millat hayotining turli sohalarida namoyon bo‘ladigan
tushunchalar, belgilar, hususiyatlar, faoliyat turlari, odatlar
va hislatlarning avloddan-avlodga o‘tish hamda meros bo‘lib
qolish tarzi.
Milliylik -
Tarixan tashkil topgan barqaror ijtimoiy-etnik birliklarni,
ya‘ni millatlar va elatlarni boshqa barqaror ijtimoiy
birliklardan,
masalan,
ijtimoiy
guruhlardan
farqlovchi
tomonlar, hususiyatlar, ma‘naviy, ruhiy va madaniy qirralar
hamda tafovutlar majmui.
Milliy manfaatlar -
Millatga, milliy davlatga moddiy, ma‘naviy, ruhiy va
jismoniy foyda, naf keltiruvchi omillar.
Milliy ong -
Bevosita har bir millat yoki elatning uzoq tarihiy
etnogenez davri, turmush tarzi, iqtisodiy ishlab chiqarish
usuli, diniy e‘tiqodlari, madaniyati, boshqa halqlarning
bevosita ta‘siri tufayli shakllangan dunyoqarashi, iqtisodiy,
siyosiy-ijtimoiy va madaniy-ma‘naviy sohalarda faollik
darajasi.
Milliy ruhiyat
–
Millatning ichki holati, kechinmalari, his – tuyg‘ulari,
ma‘naviy dunyosi, o‘y – fikrlari, maqsad va malakalari
hamda kayfiyatlari bilan bog‘liq mulohazalar majmui.
Milliy qadriyatlar –
Millatning g‘oyalari, qadriyatlari, e‘tiqodlari, ma‘naviy
turmush tarzi, orzu-istaklari, kelajak maqsadini ifoda
etadigan urf odatlar majmui.
Milliy ruhiyat –
Millatning ichki holati, his – tuyg‘ulari, ma‘naviy dunyosi,
o‘y – fikrlari, maqsad va maslaklari hamda kayfiyatlari bilan
bog‘liq mulohazalar majmui.
Milliy til –
Kishilarning tarixan tashkil topgan barqaror birligi –
|
|
|