Geliş Tarihi / Receive


Istiqlol Davri O‘zbek Bolalar She'riyatining Ba'zi O‘ziga Xosliklari



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/19
tarix19.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#152424
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
yaltay, 2.Rahmatulla Barakayev (2)

 
Istiqlol Davri O‘zbek Bolalar She'riyatining Ba'zi O‘ziga Xosliklari
 
 
‚Beşeri Bilimler ve Sanat Dergisi‛ 
‚International journal of Humanities and Art ‛ 
[trk dergisi/2021] 
e-ISSN:2757-6388 
Cilt/Volume:2 
Sayı/Issue
:1 
37 
intiluvchan bo‘ladilar. Shu boisdan ham yosh kitobxonga mo‘ljallab 
yaratilgan eng yaxshi she'rlarda bolalarning ushbu xususiyatlari turli 
jihatlari bilan namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, ijodkor asarlarini bolalarga 
mo‘ljallab yaratar ekan, uning asosiy qahramonlari bolalar bo‘lishi ham 
tabiiy. Chunki kitobni o‘qiyotgan bola asardan, avvalo, o‘zini, o‘y-fikri, 
dunyoqarashi, izlanish-intilishlari o‘zi bilan bir xil bo‘lgan tengdoshlarini 
qidiradi.
Bugungi bolalar she'riyatining yetakchi namoyandalaridan bo‘lgan, marhum 
T.Adashboev she'rlarida ana shunday yosh qahramonlar obrazi alohida 
o‘rin tutadi. Bu she'rlarda asar markazida lirik qahramon sifatida har biri 
o‘ziga xos olam bo‘lgan bolalar obrazlari turadi, bepoyon olamni o‘z nigohi 
bilan ko‘rishga, uning turfa sir-sinoatlarini o‘zicha kashf qilishga, hayotda 
o‘z o‘rnini topishga intilayotgan yosh qahramonning ba'zan beg‘ubor, 
bolalarcha sodda, ba'zan o‘sha soddalik ortiga yashiringan bolalarcha quv
ayyor, lekin, asosiysi, doimo izlanishda, o‘sish-ulg‘ayishdagi qiyofasini shoir 
mohir musavvir singari turfa yorqin bo‘yoqlarda tasvirlaydi. Uning 
asarlarini yosh kitobxonlarga manzur qiladigan jihatlar ham shunda aks 
etadi. 
Ijodkor bola timsolini yaratar ekan, yaratuvchilik ishqi bilan yongan
«kelajakda kim bo‘lsam ekan?» deb, ertaga umid ko‘zlarini tikkan, orzu-
havaslar og‘ushida yashayotgan bolalar obrazi uning diqqat markazida 
bo‘lishi tabiiy. Zero, shoirning ana shunday she'rlari minglab tengdoshlari 
orasidan yosh qahramonlarni ajratib oladi, ularni fikrlashga, tinglashga, 
olamga nazar tashlashga o‘rgatadi. Fikrlash ehtiyoji esa shaxsning kamol 
topishiga olib keladi. «Tunda uchgan yulduzni» she'ri qahramonlari ana 
shunday ulkan umidlar bilan yashayotgan Nodir va Nosir ismli bolalar: 
Nodir: - Kosmonavt bo‘lsam, oyga 
Kaptar rasmin o‘yardim.
Nosir: - yer kurrasin bayroqdek, 
Alvon rangga bo‘yardim. 
Nodir: - Ona-Vatan mehriga 
Ko‘kdan boqib to‘yardim. 
Nosir: - Marsga ekib handalak, 
Do‘stlar kelsa so‘yardim. 
Nodir: - Tunda uchgan yulduzni 
O‘z o‘rniga qo‘yardim. 
Eh, attang, - deydi Nosir, 
Yoshmiz-da, hali axir (Adashboyev. 2003: 127). 


Rahmatulla Barakayev

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə