1 – dars. C++ Dasturlash tilining kelib chiqishi xaqida ma’lumot


- DARS. MA'LUMOTLARNI KIRITISH VA CHIQARISH



Yüklə 4,49 Mb.
səhifə53/89
tarix29.11.2023
ölçüsü4,49 Mb.
#140314
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   89
C kitob TAYYOR

50 - DARS. MA'LUMOTLARNI KIRITISH VA CHIQARISH.

Qo’yidagi funktsiyalar dasturda simvollarni kiritish va chiqarish uchun ishlatiladi. getch(arg) – bitta simvol kiritilishini kutish. Kiritilayotgan simvol monitorda aks etmaydi. Bu funktsiyani programma ohirida argumentsiz ishlatilsa, monitorda ma'lumotlarni to klavisha bosilguncha o’qish mumkin bo’ladi.


putch(arg)- bitta simvolni standart okimga chikarish uchun ishlatiladi.Simvol monitorda aks etmaydi.
getchar(arg) – bitta simvol kiritilishini kutish. Kiritilayotgan simvol monitorda aks etadi. Bu funktsiyani programma ohirida argumentsiz ishlatilsa, monitorda ma'lumotlarni to klavisha bosilguncha o’qish mumkin bo’ladi.
putchar(arg) - bitta simvolni standart oqimga chiqarish uchun ishlatiladi.Simvol monitorda aks etadi. Bu funktsiyalar iostream.h modulida joylashgandir.
Misol:
Include
Void main()
{ int c;
c=getchar();
putchar(c);
c=getch();
putchar();
getch();
}


51 - DARS. FORMATLI CHIQARISH – PRINTF.

Printf funktsiyasi ko’rsatilgan parametrlarni standart oqimga chiqarish uchun ishlatiladi. Standart oqim tushunchasi keyingi boblarda yoritiladi. Hozircha standart oqim sifatida monitor tushunilishi etarlidir. Funktsiya iostream.h modulida joylashgan bo’lib, umumiy ko’rinishi qo’yidagichadir:


Printf(control,arg1,arg2,…)
Control boshqaruvchi qator deb atalib ikki turdagi simvollardan iborat bo’ladi: oddiy chiqariluvchi simvollar va navbatdagi parametrni o’zgartirib chiqaruvchi spetsifikatsiyalar. Har bir spetsifikatsiya % simvolidan boshlanib o’zgartirish turini ko’rsatuvchi simvol bilan tugaydi. % belgisi va o’zgartirish simvoli orasiga qo’yidagi simvollarni qo’yish mumkin. Chiqarilayotgan argument chapga tekislash lozimligini ko’rsatuvchi minus belgisi. Maydon minimal uzunligini ko’rsatuvchi raqamlar qatori.
Maydon uzunligini keyingi raqamlar qatoridan ajratuvchi nuqta.
Biror qatordan qancha simvol ajratib olish lozimligini hamda float yoki double tipidagi sonlarda nuqtadan keyin qancha kasr raqamlari bosib chiqarilishini ko’rsatuvchi raqamlar ketma-ketligi.
Chiqarilaetgan son long tipiga tegishli ekanligini ko’rsatuvchi uzunlik markeri l.
O’zgartirish simvollari qo’yidagilardan iborat.
d– parametr unli butun songa aylantiriladi.
o – parametr ishorasiz va birinchi rakami 0 bo’lmagan sakkizlik songa aylantiriladi.
x – parametr ishorasiz va 0x belgisiz un oltilik songa aylantiriladi.
h - parametr ishorasiz o’nlik songa aylantiriladi.
c – parametr bitta simvol deb qaraladi.
s – parametr satr simvollar nulinchi simvol uchramaguncha yoki ko’rsatilgan sondagi simvollar bosiladi
e – parametr float eki double tipidagi son deb qaraladi va ishorali m.nnnnnnE+-xx ko’rinishidagi o’nlik songa keltiriladi.
f - parametr float yoki double tipidagi son deb qaraladi va ishorali m.nnnnnn ko’rinishidagi o’nlik songa keltiriladi.
g - %e eki %f sifatida ishlatiladi.
% dan keyingi simvol o’zgartirish simvoli bo’lmasa u bosmaga chiqariladi.
% simvolini o’zini bosmaga chiqarish uchun %% belgisini berish lozim.
Quyidagi jadval har hil spetsifikatsiyalarni "HELLO, WORLD" (12 simvolov) so’zini bosishga ta'sirini ko’rsatadi. Bu erda har bir maydon uzunligini ko’rsatish uchun maydon ohiriga ikki nuqta qo’yilgan.
:%10S: :HELLO, WORLD:
:%10-S: :HELLO, WORLD:
:%20S: : HELLO, WORLD:
:%-20S: :HELLO, WORLD :
:%20.10S: : HELLO, WOR:
:%-20.10S: :HELLO, WOR :
:%.10S: :HELLO, WOR:



Yüklə 4,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə