1 – dars. C++ Dasturlash tilining kelib chiqishi xaqida ma’lumot


- DARS. FORMATLI KIRITISH – SCANF



Yüklə 4,49 Mb.
səhifə54/89
tarix29.11.2023
ölçüsü4,49 Mb.
#140314
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   89
C kitob TAYYOR

52 - DARS. FORMATLI KIRITISH – SCANF.

Scanf funktsiyasi iostream.h modulida joylashgan bo’lib, umumiy ko’rinishi qo’yidagichadir:


Scanf(control, arg1, arg2,…)
Funktsiya standart okimdan simvollarni o’qib boshqaruvchi qator asosida formatlab mos parametrlarga yozib qo’yadi. Parametr ko’rsatkich bo’lishi lozim. Boshqaruvchi qator qo’yidagi o’zgartirish spetsifikatsiyalaridan iborat Bushlik, tabulyatsiya, keyingi qatorga o’tish simvollari;
Oddiy simvollar (% dan tashkari) kiritish oqimidagi navbatdagi simvollar bilan mos kelishi lozim;
% simvolidan boshlanuvchi spetsifikatsiya simvollari;
% simvolidan boshlanuvchi qiymat berishni ta'qiqlovchi * simvoli;
% simvolidan boshlanuvchi maydon maksimal uzunligini ko’rsatuvchi son;
Qo’yidagi spetsifikatsiya simvollarini ishlatish mumkin:
d – unli butun son ko’tilmoqda.
o – 0 bilan boshlangan yoki boshlanmagan sakkizlik son kutilmoqda.
x – 0x belgili eki belgisiz o’n oltilik son kutilmoqda.
h - o’nlik son kutilmoqda.
c – bitta simvol kutilmoqda.
s – satr kutilmoqda.
f - float tipidagi son kutilmoqda. Kiritilayotgan sonning butun raqamlari va nuqtadan so’ng kasr raqamlari soni va E eki e belgisidan so’ng mantissa raqamlari soni ko’rsatilishi mumkin.


53 - DARS. FAYLLAR. OQIMLI KIRITISH VA CHIQARISH.

C ++ tilining asosiy hususiyatlaridan biri oldindan rejalashtirilgan fayllar strukturasi yukligidir. Hamma fayllar, baytlar ketma-ketligi deb ko’riladi. U N I X operatsion sistemasida har bir qurilmaga «Mahsus fayl» mos keladi, shuning uchun C ++ bibliotekasidagi funktsiyalar fayllar bilan ham, qurilmalar bilan ham ma'lumot almashinishi uchun foydalaniladi. C ++ tili bibliotekasida kiritish – chiqarish, quyi darajadagi kiritish, chiqarish va portlar uchun kiritish – chiqarish, oqimli daraja tizim hususiyatlariga bog’lik bulishi uchun bu erda qaralmaydi.


Oqimli chiqarish va kiritishda ma'lumotlar bilan almashish baytma-bat amalga oshiriladi. Lekin tashki hotira qurilmalari bilan almashish oldidan belgilangan ma'lumotlar bloki orqali amalga oshiriladi odatda u blokning minimal hajmi 512 yoki 1024 baytga teng bo’ladi. Diskga o’qilishda ma'lumotlar operatsion qatordagi buferi yoziladi so’ngra baytma bayt buferga yig’iladi, so’ngra diskka har bir murojaat qilinganda yagona blok sifatida uzatiladi. Shuning uchun ma'lumot almashishi diskka to’g’ridan to’g’ri murojaat qilishiga ko’ra tezroq amalga oshadi. Shunday qilib oqim bu bu buferlash vositalari va fayldir.
Oqim bilan ishlashda qo’yidagi vazifalarni bajarish mumkin.
- Oqimlarni ochish va yopish.
- Simvol, qator satr ,formatlangan ma'lumot ihtiyoriy uzunlikdagi ma'lumotlarni kiritish yoki chiqarish va fayl ohiriga etganlik shartini tahlil qilish;
- Buferlash va bufer hajmini boshqarish;
- Ko’rsatkich oqimdagi o’rnini aniqlash yoki yangi o’ringa ko’chirish.
Bu vazifalarni boshqaruvchi funktsiyalar teng foydalanish dasturiga Stdio.h – faylini ulash lozim.
Dastur bajarilishi boshlanganda avtomatik ravishda 5 ta oqim ochilib, bulardan:
- Standart kiritish oqimi stdin;
- Standart chiqarish oqimi stdout;
- Hatolar haqida malumotlar standart oqimi stderr;



Yüklə 4,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə