1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari


-modda. Ma’muriy ish yuritish olib boriladigan til



Yüklə 208,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/32
tarix17.12.2023
ölçüsü208,36 Kb.
#150019
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32
O‘RQ 457 сон 08 01 2018  Ma’muriy tartib taomillar to‘g‘risida

25-modda. Ma’muriy ish yuritish olib boriladigan til
Ma’muriy organda ma’muriy ish yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan
joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib boriladi.
Ma’muriy ish yuritish ishtirokchilari ma’muriy ish yuritishda ishtirok etish va ma’muriy ish
materiallari bilan tanishish chog‘ida, zarurat bo‘lganda, tarjimon xizmatidan foydalanishi
mumkin, shuningdek ular o‘z ona tilida so‘zlash huquqiga ega.
26-modda. Ma’muriy ish yuritishda huquqiy vorislik
Oldingi
 tahrirga qarang.
Manfaatdor shaxslardan biri ma’muriy ish yuritishdan ma’muriy hujjat qabul qilinguniga
qadar chiqib ketgan taqdirda, mazkur shaxsni uning huquqiy vorisi bilan almashtirishga, agar
bunday huquqiy vorislik qonunchilikka muvofiq mumkin bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi.
Ma’muriy organ o‘zgartirilgan, tugatilgan yoki uning nomi o‘zgartirilgan taqdirda,
qonunchilikka muvofiq huquqiy vorislikka yo‘l qo‘yiladi.
(26-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-
son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 
50

53-moddalari
.
Huquqiy voris ma’muriy ishga kirishguniga qadar ma’muriy ish yuritish davomida amalga
oshirilgan barcha harakatlar o‘rnini bo‘shatib bergan manfaatdor shaxsga qay darajada
majburiy bo‘lgan bo‘lsa, huquqiy voris uchun ham shu darajada majburiydir.
27-modda. Ma’muriy ishni hal qilishga ko‘maklashuvchi shaxslar
Oldingi
 tahrirga qarang.


Ma’muriy ishni hal qilishga ko‘maklashuvchi shaxslar (guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar,
tarjimonlar va boshqalar) ma’muriy ish yuritishga ixtiyoriylik yoki shartnoma asosida ma’muriy
organ tomonidan o‘z tashabbusiga yoki manfaatdor shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra,
shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda jalb qilinadi.
(27-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ma’muriy organ guvoh, ekspert va tarjimonni bila turib yolg‘on ko‘rsatuvlar, noto‘g‘ri
ekspert xulosalari berganlik hamda noto‘g‘ri tarjima qilganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida
ogohlantirishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 
238 — 240-moddalari
.

Yüklə 208,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə