mustasno. Vakilning ishtirok etishi jismoniy shaxsni ma’muriy ish
yuritishda shaxsan ishtirok
etish huquqidan mahrum qilmaydi. Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda vakilning
vakolatlari qonunga muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan
ishonchnomada bayon etilishi
kerak.
(23-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-
son)
Manfaatdor shaxsning vakili ma’muriy ish yuritishga taalluqli barcha harakatlarni o‘zi
vakillik qilayotgan shaxs nomidan bajarishga vakolatlidir, shuningdek, agar qonunda yoki uning
vakolatini tasdiqlovchi hujjatda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ma’muriy ish
yuritishning o‘zi vakillik qilayotgan ishtirokchisi ega bo‘lgan barcha huquqlardan foydalanadi.
24-modda. Manfaatdor shaxslarning huquq va majburiyatlari
Manfaatdor shaxslar ma’muriy ish
materiallari bilan tanishish, ulardan ko‘chirmalar olish,
nusxa ko‘chirish, rad qilish to‘g‘risida arz qilish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok
etish, ma’muriy ish yuritishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga savollar berish, ma’muriy ish
yuritish bo‘yicha
arz qilish, iltimosnomalar berish, ma’muriy organga og‘zaki
va yozma
tushuntirishlar berish, ma’muriy ish yuritish davomida kelib chiqadigan barcha masalalar
bo‘yicha o‘z vajlarini bayon etish, boshqa manfaatdor shaxslarning arizalari, iltimosnomalari va
vajlariga qarshi e’tiroz
bildirish, ma’muriy va protsessual hujjatlar, shuningdek ma’muriy
harakatlar ustidan shikoyat qilish huquqiga ega.
Oldingi
tahrirga qarang.
Manfaatdor shaxslar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi
mumkin.
(24-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Manfaatdor shaxslar o‘ziga berilgan protsessual huquqlardan
vijdonan foydalanishi va
qonunchilikda o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi kerak.
(24-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Dostları ilə paylaş: