1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari


-modda. Ma’muriy ish yuritishda vakillik



Yüklə 208,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/32
tarix17.12.2023
ölçüsü208,36 Kb.
#150019
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32
O‘RQ 457 сон 08 01 2018  Ma’muriy tartib taomillar to‘g‘risida

23-modda. Ma’muriy ish yuritishda vakillik
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yuridik shaxslar ma’muriy ish yuritishda qonunchilikda, ta’sis hujjatlarida yoki qonunga
muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnomada belgilangan vakolatlari doirasida
harakat qiluvchi o‘z vakillari orqali ishtirok etadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 
129 — 140-moddalari
.
Jismoniy shaxslar ma’muriy ish yuritishda bevosita yoki o‘z vakillari orqali ishtirok etishi
mumkin, bundan qonunchilikda ularning shaxsan ishtirok etishi zarurligi nazarda tutilgan hollar


mustasno. Vakilning ishtirok etishi jismoniy shaxsni ma’muriy ish yuritishda shaxsan ishtirok
etish huquqidan mahrum qilmaydi. Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda vakilning
vakolatlari qonunga muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnomada bayon etilishi
kerak.
(23-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-
son)
Manfaatdor shaxsning vakili ma’muriy ish yuritishga taalluqli barcha harakatlarni o‘zi
vakillik qilayotgan shaxs nomidan bajarishga vakolatlidir, shuningdek, agar qonunda yoki uning
vakolatini tasdiqlovchi hujjatda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ma’muriy ish
yuritishning o‘zi vakillik qilayotgan ishtirokchisi ega bo‘lgan barcha huquqlardan foydalanadi.
24-modda. Manfaatdor shaxslarning huquq va majburiyatlari
Manfaatdor shaxslar ma’muriy ish materiallari bilan tanishish, ulardan ko‘chirmalar olish,
nusxa ko‘chirish, rad qilish to‘g‘risida arz qilish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok
etish, ma’muriy ish yuritishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga savollar berish, ma’muriy ish
yuritish bo‘yicha arz qilish, iltimosnomalar berish, ma’muriy organga og‘zaki va yozma
tushuntirishlar berish, ma’muriy ish yuritish davomida kelib chiqadigan barcha masalalar
bo‘yicha o‘z vajlarini bayon etish, boshqa manfaatdor shaxslarning arizalari, iltimosnomalari va
vajlariga qarshi e’tiroz bildirish, ma’muriy va protsessual hujjatlar, shuningdek ma’muriy
harakatlar ustidan shikoyat qilish huquqiga ega.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Manfaatdor shaxslar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi
mumkin.
(24-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Manfaatdor shaxslar o‘ziga berilgan protsessual huquqlardan vijdonan foydalanishi va
qonunchilikda o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi kerak.
(24-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Yüklə 208,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə