1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari


-modda. Ma’muriy ish yuritishda mutaxassis va tarjimon



Yüklə 208,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/32
tarix17.12.2023
ölçüsü208,36 Kb.
#150019
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32
O‘RQ 457 сон 08 01 2018  Ma’muriy tartib taomillar to‘g‘risida

30-modda. Ma’muriy ish yuritishda mutaxassis va tarjimon
Mutaxassis dalillarni aniqlash va mustahkamlashda ma’muriy organga ko‘maklashish yoki
fikr shaklida tushuntirishlar berish uchun ma’muriy ish yuritishga jalb qilinadi. Mutaxassis, agar u
zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmasa, ma’muriy ish yuritishda ishtirok etishdan bosh
tortishga haqli.
Tarjima qilish uchun zarur bo‘lgan tillarni, shu jumladan kar-soqovlarning imo-ishoralarini
biladigan shaxs tarjimondir.
31-modda. Ma’muriy ish yuritishda ishtirok etish imkoniyatini istisno qiluvchi holatlar
Ma’muriy organning mansabdor shaxsi ma’muriy organ nomidan ma’muriy ish yuritishda
ishtirok etishga quyidagi hollarda haqli emas, agar u:
mazkur ma’muriy ish yuritishda manfaatdor shaxs bo‘lsa;
ma’muriy ish yuritishda ishtirok etuvchi manfaatdor shaxslardan biri bilan qarindoshlik
yoki qayin-bo‘yinchilik va quda-andachilik munosabatida bo‘lsa (bo‘lgan bo‘lsa);
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 
9-bobi 
(9-bob. Qarindoshlik, qayin-bo‘yinchilik
va quda-andachilik).


ma’muriy ish yuritishda ishtirok etuvchi manfaatdor shaxslardan birining vakili bo‘lsa yoki
ilgari uning vakili sifatida ayni shu ma’muriy ish yuritishda ishtirok etgan bo‘lsa;
mazkur ma’muriy ishni yuritishda ma’muriy ishni hal etishga ko‘maklashuvchi shaxs
sifatida ishtirok etayotgan bo‘lsa yoki ilgari ishtirok etgan bo‘lsa;
boshqacha tarzda shaxsan, bevosita yoki bilvosita ma’muriy ishni hal etish natijasidan
manfaatdor bo‘lsa yoki uning xolisligiga shubha tug‘diruvchi boshqa holatlar mavjud bo‘lsa.
Ma’muriy ishni hal etishga ko‘maklashuvchi shaxslarni rad qilish to‘g‘risida ushbu modda
birinchi qismining 
ikkinchi

uchinchi

to‘rtinchi
va 
oltinchi xatboshilariga 
muvofiq, shuningdek
ushbu shaxslarning mazkur ma’muriy ish holatlari bo‘yicha ilgari xulosa berganligi yoki ularning
ma’muriy ishni ko‘rib chiqayotgan ma’muriy organning mansabdor shaxsiga, ma’muriy ish
yuritishning boshqa ishtirokchilariga yoki ularning vakillariga xizmat yuzasidan yoxud
boshqacha tarzda tobe bo‘lganligi asosida arz qilinishi mumkin.

Yüklə 208,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə