1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari


-modda. Ma’muriy ish yuritishda dalillar



Yüklə 208,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/32
tarix17.12.2023
ölçüsü208,36 Kb.
#150019
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32
O‘RQ 457 сон 08 01 2018  Ma’muriy tartib taomillar to‘g‘risida

34-modda. Ma’muriy ish yuritishda dalillar
Ma’muriy ish yuritishda dalillar ma’muriy ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega
bo‘lgan haqiqiy holatlar to‘g‘risidagi har qanday ma’lumotlardan iboratdir.
Ma’muriy organning ma’muriy ishni ko‘rib chiqayotgan mansabdor shaxsi mazkur ishni
xolisona, har tomonlama va to‘g‘ri ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan dalillarni yig‘ishni amalga
oshiradi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy organ ma’muriy ish yuritishning ishtirokchilari tomonidan dalil sifatida taqdim
etiladigan hujjatlarning shakliga nisbatan talablar qo‘yishga haqli emas, bundan hujjatlarning
shakli qonunchilikda belgilangan hollar mustasno.
(34-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
35-modda. Dalillarni baholash
Ma’muriy organ faqat ma’muriy ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan
dalillarni ko‘rib chiqishga qabul qiladi.
Ma’muriy organ har bir dalilni ishonchlilik, daxldorlik va maqbullik nuqtai nazaridan hamda
dalillarning hammasini yetarli darajada to‘planganligi bo‘yicha baholaydi.
Qonun bo‘yicha muayyan isbotlash vositalari bilan tasdiqlanishi kerak bo‘lgan holatlarni
boshqa hech qanday vositalar bilan tasdiqlash mumkin emas.
36-modda. Ma’muriy ish yuritish muddatlari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ma’muriy organ mumkin
qadar qisqa muddatlarda, ammo ariza ma’muriy organda ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran,
ma’muriy hujjat ma’muriy organ tashabbusi bilan qabul qilinadigan taqdirda esa, adresat
ma’muriy ish yuritish boshlanganligi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan kundan
e’tiboran o‘ttiz ish kunidan kechiktirmay ma’muriy ishni ko‘rib chiqadi va ma’muriy hujjatni qabul
qiladi.


Ma’muriy organlarning tashabbusi bilan ma’muriy hujjatlarni qabul qilishning eng ko‘p
muddatlari qonunchilikda belgilanadi.
(36-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-
son)
Ma’muriy ish yuritish muddati qonunda nazarda tutilgan hollarda ma’muriy organ
tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Ma’muriy ish yuritish muddatining o‘tishi ariza ma’muriy organda ro‘yxatga olingan
kundan e’tiboran boshlanadi, ma’muriy hujjatni ma’muriy organning tashabbusiga ko‘ra qabul
qilish uchun esa ushbu muddatning o‘tishi adresat ma’muriy ish yuritish boshlanganligi haqida
tegishli tarzda xabardor qilingan kundan e’tiboran boshlanadi.
Agar ariza taalluqliligi bo‘yicha vakolatli ma’muriy organga qayta yuborilgan bo‘lsa,
ma’muriy ish yuritish muddatining o‘tishi ma’muriy ish tegishli vakolatli organga kelib tushib,
ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran boshlanadi.
Ma’muriy ish yuritish muddatlari kunlar, oylar va yillar bilan hisoblanadi.
Agar ma’muriy ish yuritish muddati dam olish (bayram) kunida tugasa, shu kundan keyingi
ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.

Yüklə 208,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə