1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari


-modda. Arizani ro‘yxatdan o‘tkazish



Yüklə 208,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/32
tarix17.12.2023
ölçüsü208,36 Kb.
#150019
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32
O‘RQ 457 сон 08 01 2018  Ma’muriy tartib taomillar to‘g‘risida

43-modda. Arizani ro‘yxatdan o‘tkazish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy organga kelib tushgan ariza o‘sha kunning o‘zida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Ma’muriy organ arizachiga ariza ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjat (belgi)
berishi, ariza elektron shaklda berilgan taqdirda esa, ariza ro‘yxatdan o‘tkazilganligini ma’muriy
organning rasmiy veb-saytidagi elektron xabar bilan, tegishli yozuvga havola bilan yoki
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa usul bilan tasdiqlashi shart.
(43-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ma’muriy organda arizani ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
44-modda. Ma’muriy organga ariza berish uchun zarur axborotni taqdim etish
Ma’muriy organga ariza berish uchun zarur bo‘lgan axborot ma’muriy organning
mansabdor shaxsi yoki axborotni taqdim etish o‘z vakolatiga kiritilgan boshqa xodimi
tomonidan taqdim etiladi.
Ma’lumotnoma tarzidagi axborot qoida tariqasida:
arizaning shakliga;
arizaning mazmuniga;


ariza berish uchun zarur hujjatlar ro‘yxatiga;
arizaning shakli va mazmuniga doir talablarni buzish oqibatlariga;
hujjatlarni qabul qilish va berish vaqtiga;
arizani ko‘rib chiqish muddatlari va tartibiga;
ma’muriy va protsessual hujjatlar hamda harakatlar ustidan shikoyat qilish tartibiga oid
masalalar yuzasidan taqdim etiladi.
Ma’muriy organ arizalar namunalaridan va ma’muriy ish yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan
xizmat varaqalaridan (blankalardan), shuningdek ularni to‘ldirish, shu jumladan ma’muriy
organning rasmiy veb-saytiga joylashtirish orqali to‘ldirish bo‘yicha yo‘riqnomalardan
foydalanishni ta’minlashi shart.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy organ arizachiga qonunchilikka muvofiq zarur yordam ko‘rsatishi shart.
(44-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Yüklə 208,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə