1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari


-modda. Tegishli tarzda xabardor qilish



Yüklə 208,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/32
tarix17.12.2023
ölçüsü208,36 Kb.
#150019
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32
O‘RQ 457 сон 08 01 2018  Ma’muriy tartib taomillar to‘g‘risida

33-modda. Tegishli tarzda xabardor qilish
Xabarnomani topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuborish yoki tilxat
olib topshirish yoxud xabardor qilinganligi fakti qayd etilishini ta’minlaydigan axborot
tizimlaridan foydalangan holda xabardor qilish ma’muriy ish yuritishda tegishli tarzda xabardor


qilish hisoblanadi. Tegishli xabarnoma manfaatdor shaxs tomonidan olingan payt xabardor
qilish vaqtidir.
Manfaatdor shaxslar o‘z manzili o‘zgarganligi to‘g‘risida ma’muriy organga ma’muriy ishni
yuritish vaqtida ma’lum qilishi shart. Bunday ma’lumot mavjud bo‘lmagan taqdirda, xabarlar
ma’muriy organga ma’lum bo‘lgan oxirgi manzilga yuboriladi hamda yetkazib berilgan deb
hisoblanadi.
Agar manfaatdor shaxslar o‘z telefonlari va fakslari raqamlarini, elektron manzilini ma’muriy
organga ma’lum qilgan bo‘lsa, ular bu ma’lumotlar o‘zgarganligi to‘g‘risida ma’muriy organni
ma’muriy ish yuritish vaqtida yozma shaklda yoki axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor
qilishi kerak.
Xabarnomani manfaatdor shaxsga tilxat olib shaxsan topshirishning imkoni bo‘lmagan
taqdirda, xabarnoma u bilan birga yashaydigan voyaga yetgan oila a’zolaridan biriga yoki
bunday shaxslar bo‘lmasa, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga yoki manfaatdor
shaxsning ish beruvchisiga (ta’lim muassasasi ma’muriyatiga) tilxat olib topshirilishi mumkin.
Xabarnomani qabul qilgan shaxs imkoniyat bo‘lishi bilan uni kechiktirmasdan manfaatdor
shaxsga topshirishi shart.
Xabarnomani qabul qilishni rad etgan manfaatdor shaxs tegishli tarzda xabardor qilingan
deb hisoblanadi. Rad etish xabarnomaga belgi qo‘yish orqali rasmiylashtiriladi va xabarnoma
ma’muriy organga qaytariladi. Manfaatdor shaxsning xabarnomani qabul qilishni rad etganligi
to‘g‘risidagi belgi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi yoki manfaatdor shaxsning ish
beruvchisi (ta’lim muassasasi ma’muriyatining mansabdor shaxsi) tomonidan yoxud ikkitadan
kam bo‘lmagan fuqaroning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Tegishli tarzda xabardor qilish faktini isbotlash majburiyati ma’muriy organning zimmasida
bo‘ladi.

Yüklə 208,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə