1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari


-modda. Ma’muriy ish yuritishni to‘xtatib turish



Yüklə 208,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/32
tarix17.12.2023
ölçüsü208,36 Kb.
#150019
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32
O‘RQ 457 сон 08 01 2018  Ma’muriy tartib taomillar to‘g‘risida

37-modda. Ma’muriy ish yuritishni to‘xtatib turish
Ma’muriy organ ma’muriy ish yuritishni quyidagi hollarda to‘xtatib turishga haqli:
fuqarolik, iqtisodiy, ma’muriy yoki jinoyat sud ishlarini yuritish tartibida ko‘rilayotgan ish
yuzasidan sudning hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar ma’muriy ishni ko‘rish mumkin
bo‘lmaganda;
ma’muriy ish yuritishda ishtirok etayotgan jismoniy shaxs vafot etganda, agar huquqiy
vorislikka yo‘l qo‘yilgan taqdirda yoki ma’muriy ish yuritishda ishtirok etayotgan yuridik shaxs
qayta tashkil etilganda;
xatolarni to‘g‘rilash va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish imkoniyati berilganda;
manfaatdor shaxslarning uzrli sabablarga ko‘ra kelmaganligi, agar ularning ishtiroki
ma’muriy ish yuritishni tamomlash uchun zarur bo‘lganda;
manfaatdor shaxsning talabiga ko‘ra ma’muriy organ tomonidan ekspertiza
tayinlanganda.
Ma’muriy ish yuritishni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi xabar manfaatdor shaxslarga bir ish
kuni ichida yuboriladi. Ma’muriy ish yuritishni to‘xtatib turish haqidagi xabar protsessual hujjat
hisoblanadi.
Ma’muriy ish yuritishni to‘xtatib turish ma’muriy ish yuritish muddatlari o‘tishining
to‘xtashiga olib keladi.
38-modda. Ma’muriy ish yuritishni tiklash
Ma’muriy ish yuritishni to‘xtatib turishga asos bo‘lgan holatlar bartaraf etilgach, ma’muriy
ishni yuritish tiklanadi. Ma’muriy ish yuritishni tiklash to‘g‘risidagi xabarnoma manfaatdor
shaxslarga bir ish kuni ichida yuboriladi.
Ma’muriy ish yuritish tiklangan kundan e’tiboran ma’muriy ish yuritish muddatlarining
o‘tishi davom etadi.
39-modda. Ma’muriy ish yuritishni tugatish
Ma’muriy organ quyidagi hollarda ma’muriy ish yuritishni tugatishi shart:
ma’muriy ish ma’muriy organda ko‘rish uchun tegishli bo‘lmasa;
ma’muriy ish yuritishning ayni bir ishtirokchilari ishtirokidagi, ayni bir predmet va ayni bir
asoslar bo‘yicha ma’muriy ish yuqori turuvchi ma’muriy organning yoki sudning ish yurituvida
bo‘lsa;
ma’muriy ish vakolatli ma’muriy organga qayta yuborilgan bo‘lsa yoki ma’muriy ish
yuritishning ayni bir ishtirokchilari ishtirokidagi, ayni bir predmet va ayni bir asoslar bo‘yicha


ma’muriy ish mazkur ishni hal qilishga vakolatli bo‘lgan boshqa ma’muriy organning ish
yurituvida bo‘lsa;
ushbu ma’muriy organda ma’muriy ish yuzasidan ma’muriy ish yuritishning ayni bir
ishtirokchilari bilan, ayni bir predmet va ayni bir asoslar bo‘yicha ma’muriy hujjat qabul qilingan
bo‘lsa;
ariza yoki ma’muriy shikoyat uni taqdim etgan shaxs tomonidan chaqirib olinsa;
ma’muriy ish yuritish ishtirokchisining huquqiy maqomi (huquqiy holati) o‘zgarishi
natijasida ma’muriy ish bo‘yicha ma’muriy hujjatni qabul qilish mumkin bo‘lmay qolsa;
ma’muriy ish yuritishni tamomlash uchun ishtiroki zarur bo‘lgan manfaatdor shaxslar
uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmasa;
manfaatdor shaxs mavjud bo‘lmasa va mazkur holatda ishda ishtirok etuvchi jismoniy
shaxs vafot etganligi yoki yuridik shaxs tugatilganligi natijasida huquqiy vorislikka yo‘l
qo‘yilmasa.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy ishni yuritish qonunchilikka muvofiq boshqa asoslarga ko‘ra ham tugatilishi
mumkin.
(39-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ma’muriy ish yuritishni tugatish protsessual hujjat bilan rasmiylashtiriladi.
Ma’muriy ish yuritishni tugatish haqidagi xabar manfaatdor shaxslarga bir ish kuni ichida
yuboriladi.

Yüklə 208,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə