1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari



Yüklə 208,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/32
tarix17.12.2023
ölçüsü208,36 Kb.
#150019
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
O‘RQ 457 сон 08 01 2018  Ma’muriy tartib taomillar to‘g‘risida



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
MA’MURIY TARTIB-TAOMILLAR TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 14-
dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2017-yil 20-dekabrda
ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari
Ushbu Qonunning maqsadi ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirish sohasidagi
munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari ma’muriy organlar bilan munosabatlarda qonun
ustuvorligini, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashdan
iboratdir.
Oldingi
 tahrirga qarang.
2-modda. Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi qonunchilik
Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik
hujjatlaridan iborat.
Maxsus ma’muriy tartib-taomillarni belgilovchi qonunchilik jismoniy va yuridik
shaxslarning holatini yomonlashtirmasligi kerak.
Ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishga doir u yoki bu munosabatlar maxsus
ma’muriy tartib-taomillarni belgilovchi qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinmagan hollarda
ushbu Qonun normalari qo‘llaniladi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining
ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar
belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Ushbu Qonunning qo‘llanilish sohasi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu Qonun ma’muriy organlarning manfaatdor shaxslarga nisbatan ma’muriy-huquqiy
faoliyatiga, shu jumladan litsenziya, ruxsat berish, ro‘yxatdan o‘tkazish tartib-taomillariga, davlat
xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq boshqa tartib-taomillarga, shuningdek qonunchilikka
muvofiq boshqa ma’muriy-huquqiy faoliyatga nisbatan tatbiq etiladi.
(3-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu Qonun normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish, soliqlar va boshqa
majburiy to‘lovlarni undirish, davlat xizmatini o‘tash, referendumlar, saylovlar o‘tkazish, mudofaa,
jamoat xavfsizligi va huquq-tartibot sohasida, shuningdek tezkor-qidiruv faoliyati, surishtiruv,
dastlabki tergov, jinoiy majburlov choralarini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa faoliyat, sud
ishini yuritish, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish sohasida yuzaga
keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonunning
qo‘llanilish sohasiga kiruvchi munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(3-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Yüklə 208,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə