1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari


-modda. Mazmunan qamrab olish prinsipi



Yüklə 208,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/32
tarix17.12.2023
ölçüsü208,36 Kb.
#150019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
O‘RQ 457 сон 08 01 2018  Ma’muriy tartib taomillar to‘g‘risida

13-modda. Mazmunan qamrab olish prinsipi


Ma’muriy organlar manfaatdor shaxslarga ilgari ushbu shaxslar tomonidan boshqa
harakatlar doirasida bajarilgan talablarni qo‘yishga haqli emas.
Agar ma’muriy organga taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlar ma’nosiga ko‘ra boshqa
zarur hujjatlar mazmunini o‘z ichiga olsa, ushbu hujjatlar qo‘shimcha yoki alohida tarzda talab
qilinishi mumkin emas.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar amalga oshirilgan ma’muriy tartib-taomil ma’nosiga ko‘ra boshqa ma’muriy tartib-
taomillarni o‘z ichiga olsa, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ular ham amalga oshirilgan
deb hisoblanadi.
(13-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
14-modda. Ma’muriy ish yuritishning “bir darcha” orqali amalga oshirilishi prinsipi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy organga ma’muriy tartib-taomilni amalga oshirish uchun boshqa ma’muriy
organlardan hamda o‘zga organlardan hujjatlar va ma’lumotlar olish talab etilgan hollarda,
ma’muriy ish yuritish “bir darcha” prinsipi bo‘yicha amalga oshirilib, bunda ma’muriy organ zarur
hujjatlar va ma’lumotlarni mustaqil ravishda, manfaatdor shaxslarning ishtirokisiz, idoralararo
o‘zaro hamkorlik vositasida oladi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
(14-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
15-modda. Teng huquqlilik prinsipi
Ma’muriy organlarga bir xildagi haqiqiy holatlarga ega ma’muriy ishlarni hal etishda teng
bo‘lmagan yondashuvni namoyon etish taqiqlanadi.
Haqiqiy holatlari bo‘yicha jiddiy farqlanadigan ma’muriy ishlarni bir xil tarzda hal etishga
yo‘l qo‘yilmaydi.
Ma’muriy organ ma’muriy ixtiyoriylikni (diskretsion vakolatni) bir xil usulda amalga oshirishi
shart. Ushbu qoida ma’muriy ixtiyoriylikni (diskretsion vakolatni) amalga oshirish bilan bog‘liq
bo‘lgan, shakllangan ma’muriy amaliyot o‘zgartirilishini istisno etmaydi.

Yüklə 208,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə