1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari


-bob. Ma’muriy tartib-taomillarning umumiy qoidalari



Yüklə 208,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/32
tarix17.12.2023
ölçüsü208,36 Kb.
#150019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32
O‘RQ 457 сон 08 01 2018  Ma’muriy tartib taomillar to‘g‘risida

2-bob. Ma’muriy tartib-taomillarning umumiy qoidalari
20-modda. Ma’muriy ishlarning taalluqliligi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy organlar ma’muriy ish yuritishni qonunchilikda o‘z vakolatiga kiritilgan masalalar
yuzasidan amalga oshiradi.
(20-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ma’muriy ishlarning taalluqliligi to‘g‘risidagi nizolar ma’muriy organlar uchun yuqori
turuvchi hisoblangan organ yoki maxsus vakolatli organ tomonidan hal etiladi.
21-modda. Idoralararo hamkorlik
Oldingi
 tahrirga qarang.
Idoralararo hamkorlik ma’muriy organning ko‘maklashish to‘g‘risidagi so‘rovi asosida
qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bo‘ysunuv munosabatlarida bo‘lgan
ma’muriy organlar o‘rtasidagi munosabatlar idoralararo hamkorlik hisoblanmaydi.
(21-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ma’muriy organning ko‘maklashish to‘g‘risidagi so‘rovi samaraliroq tarzda tegishli yordam
ko‘rsata oladigan vakolatli ma’muriy organga yo‘llanishi kerak.
Ma’muriy organning ko‘maklashish to‘g‘risidagi so‘roviga javob berilmaganligi ma’muriy
ishning hal etilishiga to‘sqinlik qilmasligi kerak.
22-modda. Ma’muriy ish yuritish ishtirokchilari
Ma’muriy ish yuritish ishtirokchilari quyidagilardan iborat:
ma’muriy organ;
qabul qilinayotgan ma’muriy hujjat yoki amalga oshirilayotgan ma’muriy harakat o‘ziga
qaratilgan shaxs (bundan buyon matnda adresat deb yuritiladi);
huquqlari va qonuniy manfaatlariga ma’muriy hujjat yoki ma’muriy harakat daxldor
bo‘lgan yoxud daxldor bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxs (bundan buyon matnda uchinchi shaxs
deb yuritiladi).
Ma’muriy organ uchinchi shaxslarni ma’muriy ish yuritishda ishtirok etishga o‘z
tashabbusiga yoki manfaatdor shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra jalb qilishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qonunchilikda belgilangan hollarda uchinchi shaxslar ma’muriy ish yuritishda ishtirok
etishga majburiy tartibda jalb etiladi.
(22-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Yüklə 208,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə