1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari


-modda. Ma’muriy ish yuritishda guvoh



Yüklə 208,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/32
tarix17.12.2023
ölçüsü208,36 Kb.
#150019
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32
O‘RQ 457 сон 08 01 2018  Ma’muriy tartib taomillar to‘g‘risida

28-modda. Ma’muriy ish yuritishda guvoh
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy hujjatni qabul qilishda ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlarni bayon etish yoki
ma’muriy organning mansabdor shaxsi tomonidan muayyan harakatlarning amalga oshirilishi
faktini guvohlantirish uchun guvoh ma’muriy ish yuritishga, agar qonunchilikda boshqacha
qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ixtiyoriy tartibda jalb qilinishi mumkin.
(28-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Guvoh o‘z xohishiga ko‘ra og‘zaki yoki yozma ko‘rsatuvlar beradi. Guvohning og‘zaki
ko‘rsatuvlari ma’muriy organ tomonidan tegishli bayonnomada bayon etiladi.
29-modda. Ma’muriy ish yuritishda ekspert
Ma’muriy organ fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida maxsus bilimlar talab etiladigan
masalalar yuzasidan xulosa berish uchun ekspertiza tayinlashi mumkin.
Ekspertlar tayinlash va ekspertlar tomonidan tushuntirilishi kerak bo‘lgan masalalar
doirasini aniqlash chog‘ida ma’muriy ish yuritishning barcha ishtirokchilari fikri inobatga olinadi.
Ekspert ekspertiza predmetiga taalluqli ma’muriy ish materiallari bilan tanishish, ulardan
zarur ma’lumotlarni yozib olish yoki ko‘chirma nusxalar olish, ma’muriy ish yuritishda ishtirok
etuvchi shaxslarga va guvohlarga savollar berish, joyida ko‘zdan kechirishda, attestatsiya-
imtihon tadbirlarida hamda ekspert baholashidan o‘tkazishga qaratilgan boshqa harakatlarda
ishtirok etish huquqiga ega. Ekspert, agar unga taqdim etilgan materiallar ekspertiza o‘tkazish
uchun yetarli bo‘lmasa yoki ekspert o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatni bajarish uchun zarur
bilimlarga ega bo‘lmasa, xulosa berishni rad etishi mumkin.
Ekspert o‘z tekshirishlarining natijalari bo‘yicha ekspert xulosasini taqdim etadi. Ma’muriy
organning yoki ma’muriy ish yuritishdagi boshqa ishtirokchilarning talabiga ko‘ra ekspert o‘z
xulosasi yuzasidan qo‘shimcha tushuntirishlar berishi kerak.

Yüklə 208,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə